MYU asosiy futbolchisi tez orada jamoa mashg'ulotlariga qaytadi
09 okt 19:12
Yangiliklar
MYU asosiy futbolchisi tez orada jamoa mashg'ulotlariga qaytadi
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines jiddiy jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.
Argentinalik futbolchi xochsimon bog'lami uzilgani bois fevral oyidan buyon maydonga tushmayapti. "Mail Sport" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi xalqaro tanaffusdan so'ng to'liq mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda. O'tgan haftadan boshlab markaziy himoyachi to'p bilan individual dastur ustida ishlamoqda.
Lisandro Martines 2022 yilning yozida Amsterdamning "Ayaks" jamoasidan kelib qo'shilganidan buyon "Manchester Yunayted" safida 91 o'yinda maydonga tushdi.U "qizil iblislar" safida 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar