Laporta "Barselona"ning "Napoli" futbolchisiga qiziqayotganini tasdiqladi

Alisher
24 mar 2024, 14:55
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubning "Napoli" yarim himoyachisi Stanislav Lobotkani xarid qilmoqchi ekanligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

29 yoshli slovakning neapolliklar bilan shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.

"Lobotka bilan shartnoma imzolashni xohlaymiz. U haqida allaqachon Deku bilan gaplashdim", - dedi Laporta.

Lobotka "Napoli"ga 2022 yilning yanvarida o'tgan. U italyan jamoasi tarkibida 154ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Xavbek bunga qadar "Selta", "Trenchina" va "Norshellan" safida harakat qilgan. Futbolchi Slovakiya terma jamoasi libosida 52ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira