Kurtuaning otasi - Azarning harakati haqida: "Noprofessional"
07 may 2021 13:36
Yangiliklar
Kurtuaning otasi - Azarning harakati haqida: "Noprofessional"
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtuaning otasi Terri Kurtua "CHelsi" (0:2)dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi Eden Azarning harakatlari haqida gapirdi.
Bahsdan so'ng belgiyalik futbolchi London klubi futbolchilari bilan kulishib o'tirdi.
"Bu asossiz harakat. Azarning kimnidir xafa qilishni xohlaganiga ishonchim komil emas, ammo "Real" muxlislarining buni ko'rishi og'ir. CHempionlar Ligasini tark etgandan bir necha minutdan so'ng maydonda kulib o'tirish noprofessionallik.
Ramos bu borada Eden bilan gaplashishi kerak deb o'ylayman. Azar qolgan o'yinlarda "Real"ga chempionlikni olib kelsa, oqlanishi mumkin", - deydi Terri Kurtua.
Azar kecha "Real"dagi faoliyatiga nuqta qo'ydi-mi?
"Azar transferga qo'yildi". El Chiringuito jurnalisti "Real" xavbeki haqida
Fikrlar