Mirjalol Qosimov: "Yana yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'ydik"
25 iyu 23:01
Yangiliklar


Mirjalol Qosimov: "Yana yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'ydik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Nima deyishim mumkin, haliyam eski hammom, eski tos. Yosh bolalarga o'xshab xatoga yo'l qo'ydik. Ammo bu ham o'yinda bo'p turadigan narsa. Bu hech qanaqa bahona emas, uch-to'rtta o'yindan beri shunaqa xatolar ketma-ket davom etyapti.
Qandaydir ikki-uch daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. Bu esa o'yinimizga o'z tasirini ko'rsatdi. Shu o'rinda mag'lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so'rayman, raqib jamoani esa g'alaba va keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman.
Bugun oxirigacha kurashdik, harakat qildik, lekin "Buxoro" bizga imkon qoldirmadi. Juda bir oddiy vaziyatlarda o'yinni boy berib qo'yyapmiz. Yigitlar oxirigacha o'ynashyapti, ko'rsatmalarimizni bajarishga harakat qilishyapti, ammo yosh bolalarcha xatoga yo'l qo'ymoqdamiz. O'yinni takror ko'rib chiqib, xatolarni tahlil qilamiz. Birinchi davrani tugatib hammasidan to'g'ri xulosa chiqargan ikkinchi davraga hozirlik ko'rishimiz kerak.
- Jamoangiz birinchi taymda gol urdi, ikkinchi bo'limda ham to'p kiritdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etilib gol hisobga olinmadi. Shu haqda nima deya olasiz?
- Nimayam derdim, bugungi bahsda VAR ishladi, hakamlar monitor oldiga borib vaziyatni takror ko'rib qaror chiqarishdi. Futbolda hammasi zo'r bo'ladi deb o'ylash xato. Muhimi shuki, futbolni yaxshi o'ynash kerak. Oddiy xatolar qilish kerak emas.
"Ofsayd" belgilandimi, demak bo'lgan. Men aslida hakamlarni muhokama qilmayman, faqat shuni aytishim mumkin, o'yin tezligini oshirishimiz kerak. Bugun raqib darvozaboni birinchi daqiqalardan yotib olishni boshladi. Bu bahona emas. Keyin esa toza o'yin vaqti kam bo'ldi deb gapirib yuramiz.
Futbolchilar yugurishni, futbol o'ynashni xohlaydi, ularga imkon berish lozim. Chunki stadionga kelgan muxlis futbol ko'rish uchun keladi. Agar jarohat va boshqa bo'lsa gap yo'q, lekin kurash bo'lmasdan yotib olaversa qanaqasiga futbol tezlashadi. Bu holat faqat bugun sodir bo'lgani yo'q, aslida "Sho'rtan" bilan o'yinda boshlangandi. O'yinni ko'rib chiqing, qancha pauza bo'lgani ko'rinadi. Buni gap chiqqanda aytib qol maqoliga amal qilib aytyapman. Bizga tezkor futbol kerakmi, hamma jihatni hisob olishimiz zarur bo'ladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar