"Paxtakor" Qarshida 3 yildan buyon gol ura olmayapti
26 iyu 2025 10:06
Yangiliklar
"Paxtakor" Qarshida 3 yildan buyon gol ura olmayapti
Joriy mavsumda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Nasaf" oxirgi uchrashuvlarda formaga kirib olgan — "Paxtakor"ni qabul qiladi.
Ikki jamoa chempionat doirasida shu paytga qadar 56 bor to'qnash kelgan. Umumiy hisobda "sherlar" ustun — 30 g'alaba. "Ajdarlar" 12 marta zafar quchgan, 14 bellashuv durang bilan yakunlangan. Qarshidagi 28 uchrashuvda esa vaziyat anchagina tortish. Mezbonlar 10 marta g'alaba qozongan bo'lsa, "Paxtakor" 9 safarda zafar quchgan. Yana 9 o'yinda tomonlar ochkolarni bo'lishib olishgan.
Qizig'i shundaki, "Paxtakor" Qarshida 2021 yildan buyon na g'alaba qozona olmoqda, na gol ura olayapti. O'shanda jamoa dramatik uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Ammo shundan keyingi uchrashuvlarda toshkentliklar Qarshida "Nasaf" darvozasini ishg'ol eta olmadi — 0:0, 0:0 va 1:0 hisobidagi uchrashuvlar shunga guvoh.
Har ikki jamoa joriy mavsumda yuqori o'yin namoyish etib kelmoqda. Shu bois, navbatdagi qarama-qarshilikdagi har bir gol, har bir imkoniyat — qimmatli bo'ladi. Uchrashuv ertaga 20:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar