"Paxtakor" Qarshida 3 yildan buyon gol ura olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
26 iyun 2025, 10:06
Shubhasiz, Superliganing 14-tur doirasidagi markaziy to'qnashuv Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

Joriy mavsumda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Nasaf" oxirgi uchrashuvlarda formaga kirib olgan - "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Ikki jamoa chempionat doirasida shu paytga qadar 56 bor to'qnash kelgan. Umumiy hisobda "sherlar" ustun - 30 g'alaba. "Ajdarlar" 12 marta zafar quchgan, 14 bellashuv durang bilan yakunlangan. Qarshidagi 28 uchrashuvda esa vaziyat anchagina tortish. Mezbonlar 10 marta g'alaba qozongan bo'lsa, "Paxtakor" 9 safarda zafar quchgan. Yana 9 o'yinda tomonlar ochkolarni bo'lishib olishgan.

Qizig'i shundaki, "Paxtakor" Qarshida 2021 yildan buyon na g'alaba qozona olmoqda, na gol ura olayapti. O'shanda jamoa dramatik uchrashuvda 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Ammo shundan keyingi uchrashuvlarda toshkentliklar Qarshida "Nasaf" darvozasini ishg'ol eta olmadi - 0:0, 0:0 va 1:0 hisobidagi uchrashuvlar shunga guvoh.

Har ikki jamoa joriy mavsumda yuqori o'yin namoyish etib kelmoqda. Shu bois, navbatdagi qarama-qarshilikdagi har bir gol, har bir imkoniyat - qimmatli bo'ladi. Uchrashuv ertaga 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia