Lionel Messi Saudiya Arabistoni klublari bilan faol muzokara olib bormoqda
26 iyu 2025 07:48
Yangiliklar
Lionel Messi Saudiya Arabistoni klublari bilan faol muzokara olib bormoqda
"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasining yulduz futbolchisi Lionel Messi Maxd akademiyasi direktori Abdullo Hamad hamda Saudiya Arabistoni Pro ligasi vakillari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'lib turibdi. Bu haqda jurnalist va insayder Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoq X (sobiq Twitter) orqali xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, tomonlar o'rtasida muzokaralar juda ilgarilab ketgan. Qanday qaror qabul qilinmasin, Messi qaerda to'p tepishni shaxsan o'zi tanlaydi. Shuningdek, Argentina terma jamoasii futbolchisi Er-Riyad shahri bilan yaxshi tanishligi va u erdagi uylar hamda maktablar unda katta taassurot qoldirgani takidlangan.
Ayni paytda Lionel Messi AQSHning "Inter Mayami" jamoasida to'p tepmoqda. U avvalroq PSJ va "Barselona" klublarida o'ynagan. Shuningdek, u futbolchilik faoliyatini "Nyuells Old Boyz" akademiyasida boshlagan. Messi o'z karerasi davomida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan, jumladan, 2022 yili Argentina bilan jahon chempioni bo'lgan va sakkiz marta "Oltin to'p"ga sazovor bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar