Klublar o'rtasidagi JCH. Ilgiz Tantashev boshqargan uchrashuvda "Inter" "River Pleyt"ni engib keyingi bosqichga yo'l oldi
26 iyu 09:23
Yangiliklar


Klublar o'rtasidagi JCH. Ilgiz Tantashev boshqargan uchrashuvda "Inter" "River Pleyt"ni engib keyingi bosqichga yo'l oldi
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun Italiyaning "Inter" jamoasi musobaqa guruh bosqichining uchinchi turida Argentinaning "River Pleyt" jamoasi bilan to'qnash keldi. Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib bordi.
Qiziqarli kechgan o'yinda ikkinchi bo'limda Bastoni va Espozito tomonidan urilgan gollar "Inter"ga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. Shu tariqa jamoa keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Klublar o'rtasidagi JCH. Guruh bosqichi. "E" guruhi, 3-tur
"Inter" - "River Pleyt" 2:0
Hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).
Gollar: F.Espozito, 72 (1:0). Bastoni, 90+3 (2:0)
Malumot uchun, "Inter" 1/8 finalda Braziliyaning "Fluminense" jamoasi bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar