Gvardiola klublar o'rtasidagi JCH oldidan issiq haqida: "Biz azoblanishga tayyor bo'lishimiz kerak"
26 iyu 08:13
Yangiliklar


Gvardiola klublar o'rtasidagi JCH oldidan issiq haqida: "Biz azoblanishga tayyor bo'lishimiz kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klublar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan musobaqaning asosiy muammosi - issiq ob-havo haqida fikr bildirdi.
"Issiqlik — bu haqiqat. Biz bunga tasir o'tkaza olmaymiz, to'g'rimi? Shu bois Atlantadagi "Mersedes-Benc Stedium"dagi oxirgi o'yindagi kabi sharoitda o'ynagan afzal. U erda hammasi ajoyib edi! Ammo barcha jamoalar bunga moslashishi kerak bo'ladi. Hammasi shunday, qanday bo'lsa — shunday. Kelasi jahon chempionatiga kelib odamlar bu muammo haqida avvaldan biladi. Ammo, ha, biz azoblanishga tayyor bo'lishimiz kerak", — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi BBC.
Malumot uchun, prognozlarga ko'ra, Orlando shahridagi "Kemping Uorld" stadionida bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" —"Yuventus" uchrashuvi vaqtida havo harorati 33°C gacha ko'tarilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar