Mbappe umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. U "Zalcburg"ga qarshi o'ynashi mumkin
25 iyu 22:01
Yangiliklar


Mbappe umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. U "Zalcburg"ga qarshi o'ynashi mumkin
Kilian Mbappe kasallikdan keyin "Real"ning asosiy tarkibiga qaytdi.
19 iyun kuni madridliklar hujumchisi o'tkir gastroenterit tufayli kasalxonaga yotqizilgan va o'sha kunning o'zida kasalxonadan chiqarilgan. U klublar jahon chempionatining "Al Hilol" (1:1) va "Pachuka"ga (3:1) qarshi o'tkazilgan dastlabki ikki o'yinda ishtirok eta olmadi.
"Real"ning bugungi mashg'ulotida Mbappe jamoa bilan birgalikda shug'ullandi. Marca nashrining xabar berishicha, francuz futbolchisi turnirning guruh bosqichi 3-turida "Red Bull Zalcburg"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar