Ziko: "Evropa futboliga haddan tashqari yuqori baho berib yuborilgan"
24 iyu 23:11
Yangiliklar


Ziko: "Evropa futboliga haddan tashqari yuqori baho berib yuborilgan"
2008 yilda "Bunyodkor"ni boshqargan braziliyalik murabbiy Ziko Evropa jamoalari Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi yomon o'yini tufayli turli bahonalarni o'ylab topayotganini aytdi.
"Evropa futboliga haddan tashqari yuqori baho berib yuborilgan. Bunga barham berish kerak. Futbol faqat Evropaga tegishli emas. Ishlar yaxshi yurishmayotganda evropaliklar turli bahonalar o'ylab topa boshlaydi. Ular noqulay sharoitlarda qanday o'ynashni bilmaydiganga o'xshaydi. Biror narsa ko'ngildagidek bo'lmasa, havoning issiqligi, mavsum yakuni va shunga o'xshash narsalar haqida gapira boshlashadi", – dedi Ziko.
Eslatib o'tamiz, Braziliyaning "Palmeyras", "Botafogo" va "Flamengo" klublari allaqachon turnir pley-offiga yo'l olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar