Laporta "Valyadolid"ga qarshi o'yinga ko'zi ko'kargan holda tashrif buyurdi

Оқил Абдубарноев
29 avg 2022, 19:41
"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Valyadolid"ga qarshi o'yinni ko'rish uchun ko'zi ko'kargan holda tashrif buyurdi.

Laporta tribunada vice-prezident Rafael Yuste va "Valyadolid" prezidenti Ronaldo bilan birga uchrashuvni tomosha qildi.

Dastlab u quyoshdan saqlaydigan ko'zoynak taqib keldi, biroq sheriklari yonida uni echishga majbur bo'ldi.

60 yoshli rahbarning ahvoli nima sababdan bunday ko'rinish olgani noma'lum. Qayd etilishicha, bunga shunchaki ko'ngilsiz hodisa sabab bo'lgan. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun