

"Xorazm" va "Andijon" jamoalari hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida (Pro-liga uchrashuvlarisiz) 16 marta to'qnash kelishgan. Ustunlik "burgutlar" tomonida - andijonliklar 8 bor g'alaba qozongan bo'lsa, urganchliklar 4 marta zafar quchgan. Qolgan 4 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.
"Andijon" oxirgi marotaba raqibini mehmonda 2006 yilgi mavsumda taslim qilgan (3:0). Jamoalar Superligada 15 yildan so'ng yana to'qnash kelishmoqda.
Ma'lumot uchun, uchrashuv Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida 20:00da start oladi.



