"Andijon" oxirgi marotaba "Xorazm"ni mehmonda qachon yutgan?

Iskandarov Abdulaziz
26 iyun 2025, 08:44
Maksim Shackix boshchiligidagi "Andijon" jamoasi bugun Superliganing 14-turida "Xorazm" mehmoni bo'ladi.

"Xorazm" va "Andijon" jamoalari hozirga qadar O'zbekiston chempionati doirasida (Pro-liga uchrashuvlarisiz) 16 marta to'qnash kelishgan. Ustunlik "burgutlar" tomonida - andijonliklar 8 bor g'alaba qozongan bo'lsa, urganchliklar 4 marta zafar quchgan. Qolgan 4 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.

"Andijon" oxirgi marotaba raqibini mehmonda 2006 yilgi mavsumda taslim qilgan (3:0). Jamoalar Superligada 15 yildan so'ng yana to'qnash kelishmoqda. 

Ma'lumot uchun, uchrashuv Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida 20:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia