Sanchoga Turkiyadan xaridor chiqdi. Futbolchiga katta maosh taklif qilinmoqda
24 iyu 22:50
Yangiliklar


Sanchoga Turkiyadan xaridor chiqdi. Futbolchiga katta maosh taklif qilinmoqda
"Fenerbahche" Jeydon Sancho bo'yicha rasmiy taklifini yubordi.
Jurnalist Oracio Akkomandoning malumotlariga ko'ra, turk klubi "Manchester Yunayted" qanot futbolchisi uchun 18 million evro to'lashga tayyor. Sanchoga mavsumiga 12 million evro maosh bilan "3+1" tizimi asosida shartnoma taklif etilgan.
Malum qilinishicha, Sanchoga "Yuventus" va "Napoli"dan ham takliflar kelgan, biroq italyan klublari ingliz futbolchisiga ancha past maosh taklif qilmoqda.
O'tgan mavsumda Jeydon ijara asosida "Chelsi" safida harakat qilgandi..
O’xshash yangiliklar

Fikrlar