Sanchoga Turkiyadan xaridor chiqdi. Futbolchiga katta maosh taklif qilinmoqda

Administrator
24 iyun 2025, 22:50
"Fenerbahche" Jeydon Sancho bo'yicha rasmiy taklifini yubordi.

Jurnalist Oracio Akkomandoning ma'lumotlariga ko'ra, turk klubi "Manchester Yunayted" qanot futbolchisi uchun 18 million evro to'lashga tayyor. Sanchoga mavsumiga 12 million evro maosh bilan "3+1" tizimi asosida shartnoma taklif etilgan.

Ma'lum qilinishicha, Sanchoga "Yuventus" va "Napoli"dan ham takliflar kelgan, biroq italyan klublari ingliz futbolchisiga ancha past maosh taklif qilmoqda.

O'tgan mavsumda Jeydon ijara asosida "Chelsi" safida harakat qilgandi..

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/OAccomando91