Edin Tyerzich: "Sancho "Oltin to'p"ni yutishga qodir"

Mirjalol Normatov
24 okt 2025, 23:19
Dortmundning "Borussiya"si sobiq bosh murabbiyi Edin Tyerzichning fikriga ko'ra, Jeydon Sancho "Oltin to'p"ni yutishga qodir futbolchi.

Gyermaniyalik murabbiy Sancho bilan birgalikda Deklan Rays, Jud Bellingem, Erling Xoland va Aleksandr Isak kabi futbolchilarning ham faoliyatini yuqori baholadi.

"Ularning barchasi kelajakda "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. Hatto Jeydon ham. Uning iqtidori haqida gapirar ekansiz, 5 yil oldingi Usmon Dembele yodga tushadi. Uning iqtidori va potencialini ko'rib turibman.

Agarda Xoland gollarga tashnaligini yo'qotmasa, ushbu darajaga yetishi mumkin. Jeydon esa doimo yaxshi kayfiyatda bo'lishi kyerak. Judda esa barchasi umuman boshqacha.

Jud menga yoqadi. U va Deklan Rays kelgusi 10 yillikda Angliya tyermasining eng muhim futbolchilariga aylanishadi. Ular yetakchi futbolchilar. Bellingem o'z qarorlari bilan atrofidagilari uchun foydali bo'la oladi", - dedi Tyerzich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph