Unai Simon – jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2026, 03:39
Ispaniya milliy terma jamoasi posboni Unai Simon 2026 yilgi Jahon Chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb topildi va nufuzli "Oltin qo'lqop" sovrinini qo'lga kiritdi.

Turnir davomida o'zining yuqori darajadagi seyvlari va ishonchli harakatlari bilan ajralib turgan 29 yoshli golkiper "Qizil furiya"ning jahon chempioni unvoniga erishishida hal qiluvchi rollardan birini o'ynadi.

Unai Simon Ispaniyaning turnirdagi barcha 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, darvozani qo'riqladi.

Musobaqa davomida u 6 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Chempionatning 7 ta o'yini davomida Simon o'z darvozasidan faqatgina 1 ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia