So’nggi yangiliklar

08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  0 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  3 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  16 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  1 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  47 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  9 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  14 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  35

Kuperning birinchi mag'lubiyati. O'zbekiston - Eron 0:1 Yangiliklar

Kuperning birinchi mag'lubiyati. O'zbekiston - Eron 0:1

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
O'zbekiston hamda Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Eron 0:1  
11 sentyabr 2018. Toshkent. "Milliy" stadioni. 20:00
Hakamlar: 
Dmitriy Mashencev, Bahodir Qo'chqorov, Ismoil Tolibjonov (barchasi Qirg'iziston), Sanjar SHoyusupov (O'zbekiston).

Gol: Mehdi Torabi 67, - 0:1.

O'zbekiston: 12.Eldorbek Suyunov, 19.Vitaliy Denisov (29.Vladimir Kozak, 72), 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 4.Farrux Sayfiev, 7.Odil Ahmedov, 16.Otabek SHukurov, 14.Eldor SHomurodov (17.Sanjar Tursunov, 46), 10.Marat Bikmaev (6.Husniddin G'ofurov, 46), 27.Sardor Rashidov (18.Sardor Sobirxo'jaev, 56), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (21.Igor Sergeev, 46)

Zaxira: 30.Sanjar Quvvatov, 3.Egor Krimec, 2.Akmal SHorahmedov, 26.Sanat SHixov, 28.Ivan Nagaev, 22.SHohruh Gadoev, 15.Sardor Mirzaev,

Eron: 22.Amir Obidzoda, 8.Murtazo Puraliganji, 19.Majid Hussayni (15.Pejman Muntazori, 62), 2.Vuriya G'ofuri (28.Sodiq Muharrami, 46), 5.Milad Muhammadi, 6.Said Izzatullohi (7.Masud SHojayi, 69), 9.Omid Ibrohimi, 21.Ashkan Dejaga (13.Saman G'oddos, 46), 27.Ali Golizoda, 18.Ali Rizo Jahonbaxsh (17.Mehdi Taremi, 46), 10.Karim Ansarifard (16.Mehdi Torabi, 64)

Zaxira: 1.Alirizo Beyranvand, 12.Sayid Hussayin Hussayni, 3.Ehson Xojsafi, 29.Armin Suhrobian, 14.Ali Karimi, 11.Vohid Amiri

 


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


90+4. Uchrashuv tugadi O'zbekiston terma jamoasi Eronga yutqazdi 0:1

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shildi

88. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Farrux Sayfiev darvozaga yo'lladi, noaniq

81. Muxlislar terma jamoamiz yutqazayotganiga qaramay tinmay qo'llab turishibdi

75. Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun "Milliy" stadionga 19 mingdan ziyod muxlis keldi. Ular bugun O'zbekistonning golini ko'risharmikin?

72. O'zgarish. O'zbekiston. Vitaliy Denisov o'rniga Vladimir Kozak tushdi

69. O'zgarish. Eron. Said Izzatullohi o'rniga Masud SHojayi tushdi

67. GOL! 0:1. Mehdi Torabi Izzatullohining to'p uzatishidan so'ng yaqin masofadan gol urdi. 

64. O'zgarish. Eron. Karim Ansarifard o'rniga Mehdi Torabi tushdi

62. O'zgarish. Eron. Majid Hussayni o'rniga Pejman Muntazori tushdi

56. O'zgarish. O'zbekiston. Sardor Rashidov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi

55. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Sardor Rashidov SHukurovdan to'pni qabul qilib olib kuchli zarba berdi, to'pni darvozabon qaytardi!

52. Xavfli vaziyat! Mehdi Taremi Suyunovni ham aldab o'tgandi, ammo zarbasi kuchsiz bo'ldi va himoyachilarimiz to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'yishmadi!

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. Eron. Vuriya G'ofuri o'rniga Sodiq Muharrami, Ali Rizo Jahonbaxsh o'rniga Mehdi Taremi, Ashkan Dejaga o'rniga Saman G'oddos tushdi

46. O'zgarishlar. O'zbekiston. Abduxoliqov o'rniga Sergeev, SHomurodov o'rniga Tursunov, Bikmaev o'rniga G'ofurov tushdi

45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

43. Ogohlantirish. Farrux Sayfiev

41. O'yin tempi biroz pasaygandek

35. Xavfli vaziyat! Ali Golizoda yaqin masofadan yaxshi zarba bera olmadi, aks holda hisob ochilardi. 

33. ZARBA! Otabek SHukurov jarima maydoniga yaqinlashib zarba berdi, noaniq!

27. Burchak to'pidan so'ng darvozabon to'pni egalladi, ammo unga nisbatan To'xtaxo'jaev qo'pol o'ynadi

26. Xavfli vaziyat! Sardor Rashidov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi!

24. Abduxoliqov jarima maydoni ichida darvozabonni turtib yubordi va hakam o'yin qoidasi buzilganini ko'rsatdi

16. Dastlabki daqiqalarda O'zbekiston qarshi hujumda o'ynamoqda

14. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Rashidov to'pni havodan uzatib berdi, yana himoyachilar o'z o'rnida!

11. Eronliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, Suyunov to'pni qaytardi va jamoamiz tezkor qarshi hujumga o'tdi. Abduxoliqov tezkor harakatlar bilan oldinga borib to'pni Rashidovga uzatdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi

9. Eldor SHomurodov chap qanotdan oldinga o'tdi, ammo himoyachidan qochib keta olmadi

6. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Diogonal pasdan so'ng Rashidov birga bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, darvozabon chaqqonroq harakat qildi

4. ZARBA! "Brayton" futbolchisi Alirizo Jahonbaxshning kuchli zarbasini Suyunov egallab oldi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga. Barchamiz birgalikda kuylaymiz!

- Eron davlat madhiyasi yangramoqda

- Diqqat qiling ikkala jamoa maydonga tushib kelmoqda.

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.



Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика