So’nggi yangiliklar

12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  1 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  20 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1

Manishe Feliks haqida: "Futbol loyihasi bo'lib qoldi. Shunday klublarda imkoniyatlar, ammo u ishlashni xohlamaydi" Yangiliklar

Manishe Feliks haqida: "Futbol loyihasi bo'lib qoldi. Shunday klublarda imkoniyatlar, ammo u ishlashni xohlamaydi"

Manishe Joau Feliksni futboldagi loyiha deb atadi.

25 yoshli yarim himoyachi ushbu yozda "Chelsi"dan "Al Nassr"ga o'tdi.


"Men portugal matbuoti bilan bir xil gapirayotgan Mario Suares va Saulning aytgan gaplarga to'liq qo'shilaman. Joau Feliks futbol loyihasi bo'lib qoldi, u hech qachon uning doirasidan tashqariga chiqmadi. Besh-olti yil ichida hech qanday siljish bo'lmadi.

Men kimningdir hayotiy yoki faoliyatidagi qarorlarni tanqid qilmoqchi emasman. Men ham qarorlar qilganman - bazilari muvaffaqiyatli, bazilari esa yo'q. Uning Saudiya Arabistoniga ketishini qoralamayman. Ammo, shuni aytishim mumkinki, u 25 yoshida eng yuqori darajadagi karerasini unutib qo'yishi mumkin. Saudiya Arabistoni ligasi Evropaning top-5 ligalari darajasiga eta olmaydi.

Futbolchi oila haqida o'ylashi mumkinligini tushunaman va u 2027 yilda erkin agentga aylanadi, lekin u allaqachon besh-oltita jamoada o'ynagan, etti-sakkizta murabbiy bilan ishlagan - va hammaning fikri bir xil: u loyiha bo'lib qoldi.

Biz besh yildan beri Joau Feliksning istedodi haqida gapiramiz va shu bilan hammasi tugaydi. Istedodning o'zi kamlik qiladi. O'yinchi o'zini qurbon qilishga, bor kuchini berishga tayyor bo'lishi kerak... Pulni hamma topmoqda, kimdir ko'proq, kimdir kamroq. Ammo, karerangni yakunlab, sovrinlaringga qaraganingda... Joauda faqat bitta - "Atletiko" bilan Ispaniya chempionligi bor va u unda doim ham asosiy bo'lmagan.

Men doim aytaman: Joau Feliksning uyida Jorje Mendeshning haykali bo'lishi kerak. U bunday buyuk klublarda shuncha imkoniyatlarga ega bo'lgan dunyodagi yagona futbolchi - va hech birida mustahkam o'rnashib ololmadi, hech birida o'yindan zavq ololmadi. U bilan birga o'ynagan barcha futbolchilar bir gapni aytishadi: u jamoa uchun o'zini qurbon qilmaydi, ishlashni istamaydi, o'zini futbolga bag'ishlashni xohlamaydi. Ijtimoiy tarmoqlar chiroyli, lekin maydonda farqni ko'rsatish kerak. U esa hech qaysi klubda bunday qilmagan", - dedi "Atletiko" va "Portu" sobiq yarim himoyachisi.

Reyting: +7   

Fikrlar

   
03 avg 18:56:47
Lion Camon
Klubla urtasidegi JCHda bilindi saudiya darajasi
   
03 avg 07:19:13
Okeni Arsenali qaytdi!
Лутфулла foydalanuvchining fikriga javob berish
Манишенинг узи хам вақтида Россия чемпионатига пкл учун утган
Lekin 25 yoshdamasdi.keyin uni xechkim 20 yoshga kirmasdan 125 mln $ sotib olmagan.KR ni oldiga bordir degandi buyuk uyunchi buldi deganimas.KR yetishga bunaqalarga dx delov
   
03 avg 07:06:10
Лутфулла
Манишенинг узи хам вақтида Россия чемпионатига пкл учун утган
   
03 avg 03:28:16
MENTAL!ST
Bo'lishi mumkin emas, Saudiya Ligasi allaqachon kuchli TOP-5 Yevropa ligalariga dam beradi, ana Ronaldu aytgan. xD
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика