Klaudio Raneri: "Monako" Franciyaning bu mavsumdagi haqiqiy chempioni"
10 may 2014 01:49
Yangiliklar
Klaudio Raneri: "Monako" Franciyaning bu mavsumdagi haqiqiy chempioni"
"Monako" jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri PSJ bu mavsumda chempionlikka loyiq emas deb hisobladi.
Men "Monako" bilan ikki ajoyib mavsumni o'tkazdim. Meni futbolchilarim bilan bo'lgan munosabatim alo darajada. Biz har doim muloqotda bo'lib turamiz.
Qoidalarni hurmat qilish kerak. UEFA PSJ jamoasi moliyaviy feyr-pleyni buzganligini elon qildi. Parijliklar qoidalarni buzishdi.
"Monako" Franciyaning bu mavsumdagi haqiqiy chempioni. Negaki biz qoidalarni buzmadik.
Mening kelajagim? Bu borada yakuniy qaror keyingi haftada aniq bo'ladi.
Fikrlar