Kavanining onasi: "O'g'lim Ispaniyada o'ynamoqchi"
10 apr 2020 16:46
Yangiliklar


Kavanining onasi: "O'g'lim Ispaniyada o'ynamoqchi"
Bundan biroz avval, "Atletiko" Edinson Kavani bilan muzokaralar boshlaganini xabar qilgandik.
PSJ forvardi Edinson Kavanining onasi urugvaylik futbolchining yaqin kelajakdagi rejalari haqida aytdi.
- Unga ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda. U hozircha qaerga borishini bilmaydi va unda 3 oy vaqt qoldi. Hali o'ylab oladi. Ammo, u hali Urugvayga qaytishni rejalashtirmayapti.
Edinson Evropada qolmoqchi, unga ko'proq Ispaniya yoqadi. Uni ko'plab klublar kuzatmoqda, - deydi Berta Gomes.
Kavani joriy mavsum PSJ safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar