Karvaxal virusli infekciyadan qutildi, ammo u kasalxonada qoladi
12 okt 2017 14:54
Yangiliklar
Karvaxal virusli infekciyadan qutildi, ammo u kasalxonada qoladi
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal yurak perikardi virusidan qutilganiga qaramasdan, kasalxonada shifokorlar nazorati ostida qoladi.
Oldinroq, ispaniyalikka davolanish uchun kamida 2 oy kerakligi elon qilingan edi.
Perikard - yurakning tashqi bog'lovchi terili qoplami. Perikard ichida yurak joylashadi va u yurakni ko'krak qafasidagi boshqa organlardan himoyalab turadi.
Malumotlarga ko'ra, Karvaxalga yaqin insonlar futbolchi virusdan qutilganini aytishgan. Nosteroid dorilar va aspirin bilan davolash muvaffaqiyatli bo'lib chiqdi. SHunga qaramasdan, shifokorlar Danielni shifoxonodan qo'yib yuborishmayapti.
Fikrlar