De la Fuente: "Karvaxal va Rodri – o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi"
04 sen 19:24
Yangiliklar
De la Fuente: "Karvaxal va Rodri – o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente himoyachi Dani Karvaxal va yarim himoyachi Rodri Ernandesning jamoaga qaytishi haqida gapirdi.

"Milliy jamoada oilaviy muhit hukm surmoqda. Biz ko'p yillardan buyon birgamiz va birdamlik hissi biz uchun juda muhim. Bu bizni yanada kuchliroq qiladi. Rodrigo va Dani Karvaxal o'z poziciyasida dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi. Ular kiyinish xonasida asosiy o'yinchilar, shuning uchun ular biz uchun faqat futbol maydonida emas, tashqarisida ham muhim", – dedi de la Fuente.
Bugun, 4 sentyabr kuni Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 saralashining 1-turi doirasida mehmonda Bolgariya bilan uchrashadi. Uchrashuvni boshlab beruvchi hushtak Toshkent vaqti bilan 23:45 da chalinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar