Xabi Alonso: "Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytishni xohlaydi"
26 avg 20:30
Yangiliklar
Xabi Alonso: "Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytishni xohlaydi"
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso jurnalistlarga tajribali himoyachi Dani Karvaxalning terma jamoaga qaytish istagi haqida gapirdi.
Alonso klub matbuot xizmatiga Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga qaytishni juda xohlashi, ammo yakuniy qarorni "qizil furiya" bosh murabbiyi qabul qilishini aytdi. Mutaxassis Karvaxalning og'ir jarohatidan forig' bo'lgani va ajoyib formada ekanligidan juda xursand ekanligini takidladi.
"Dani yaxshi o'ynayapti, jamoada o'z so'zi bor. U maydonda etakchilik qobiliyatini ko'rsatmoqda. Umid qilamanki, u tez orada terma jamoaga qaytadi. Bu u uchun juda muhim", – dedi Alonso.
Eslatib o'tamiz, Dani Karvaxal xochsimon bog'lami uzilishidan to'liq forig' bo'ldi. 33 yoshli himoyachi joriy mavsum La Ligada ikkita o'yinda ham maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar