Karvaxal "Levante" yarim himoyachisini maymun deb atadi
18 sen 2017 16:47
Yangiliklar
Karvaxal "Levante" yarim himoyachisini maymun deb atadi
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal irqchilikda ayblanmoqda.
Voqea "Levante"ga qarshi LaLiganing 3-tur uchrashuvida (1:1) sodir bo'lgan.
66-daqiqada Karvaxal "Levante" yarim himoyachisi Xefferson Lermaga qarshi qo'pol o'ynadi, keyin esa uni maymun deb atadi, biroq bosh hakam Alexandro Xose Ernandes Karvaxalning so'zlarini eshitmadi, biroq himoyachiga qo'pol o'yini uchun sariq kartochka ko'rsatdi. Uchrashuv yakunlanishiga yaqin Lerma yana ko'pchilikning diqqat markazida bo'ldi. U 89-daqiqada Marselodan zarba qabul qilib oldi va braziliyalik chetlatildi.
Bosh hakam o'yin hisobotida Karvaxalning so'zlarini qo'shmagan, LaLiga esa ushbu vaziyat borasida tekshiruv ishlarini boshlamoqchi.
Fikrlar