Kafuning o'g'li futbol o'ynayotganda hayotdan ko'z yumdi
05 sen 2019 17:04
Yangiliklar


Kafuning o'g'li futbol o'ynayotganda hayotdan ko'z yumdi
Ikki karra jahon chempioni Kafuning uyida baxtsiz hodisa ro'y berdi.
Futbolchining o'g'li Danilo do'stlari bilan futbol o'ynayotganda yurak hurujidan vafot etdi. 29 yoshli o'g'ilning o'limi Baruerada kechki payt sodir bo'lgan.
U tezda shifoxonaga etkazilgan, ammo uning yuragi yo'ldayoq to'xtab bo'lgandi. Daniloning o'limi haqida Kafuning do'sti va Braziliya terma jamoasining sobiq azosi Paulo Serjio xabar bergan.
Eslatib o'tamiz, Kafu ikki karra jahon chempioni sanaladi. U Braziliya terma jamoasi tarkibida 1994-2002 yillar davomida o'ynagan.
Kafu jahon chempionatining uchta finalida ketma-ket o'ynagan (1994, 1998, 2002) birinchi va yagona futbolchi sanaladi.
O’xshash yangiliklar
00:50
Kafu Rafinya haqida: "U bilan "Oltin to'p" uchun raqobatlasha oladigan o'yinchilarni ko'rmayapman" 5
19:43
Kafu Anchelotti haqida: "Bu normal holat emas - braziliyalik ishqibozlar unga ishonishmaydi" 2

Fikrlar