So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Ular haqida ertaga ham gapirishadi: birinchi davraning kashfiyotlari kimlar bo'ldi? Yangiliklar

Ular haqida ertaga ham gapirishadi: birinchi davraning kashfiyotlari kimlar bo'ldi?

O'zbekiston Superligasida mavsum ekvatori ortda qoldi.

Birinchi davrada turli klublar safida nafaqat tajribali futbolchilar, balki yosh va iqtidorli to'p teparlar ham o'zlarini ko'rsata boshladi. Ulardan bazilari murabbiylar ishonchini oqladi, boshqalari esa zahiradan maydonga tushib, muhim o'yinlarda hal qiluvchi harakatlari bilan yodda qoldi.

Quyida shu kabi yoshlar orasida etirofga loyiq bo'lgan 6 nafar futbolchi haqida so'z yuritamiz:

Nosir Abdusalomov ("Bunyodkor", 2003 yil)

"Bunyodkor" jamoasida yosh iqtidor egasi sifatida tanilayotgan Nosir Abdusalomov murabbiy Ilyos Zeytullaev tomonidan qishki yig'inlardyoq asosiy tarkibga jalb etildi. O'rtoqlik o'yinlaridagi harakatlari, o'rinbosarlar jamoasidagi ishonchli o'yini natijasida Superligada ham imkoniyatga ega bo'ldi. 21 yoshli Abdusalomov 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 3 ta assist bilan jamoasiga katta foyda keltirdi. Kubok bahslarida 2 to'p kiritdi. U hozircha "Bunyodkor"ning eng samarali yosh futbolchilaridan biri bo'lib turibdi.  U gol urgan o'yinlarda jamoasi mag'lub bo'lmadi va 7 ochko qo'lga kiritdi. Umumiy natija: 3+3. 


Oybek O'rmonjonov ("Dinamo", 2006 yil)

"Dinamo" jamoasidagi olib borilayotgan samara bermoqda va bu jarayonda murabbiy Vadim Abramovning hissasi beqiyos. U yoshlarga ishonishdan hech qachon qo'rqmagan mutaxassis sifatida tanilgan. 19 yoshli Oybek O'rmonjonov ushbu ishonchni oqladi — u katta maydonda yo'qolib qolmadi, aksincha 15 ta uchrashuvda 3 ta gol va 3 ta assist bilan o'zini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rsata oldi. Uning universalligi va taktik bilimlari "Dinamo" yarim himoyasini mustahkamlamoqda.



Muhammadali O'rinboev ("Paxtakor", 2005 yil)

Muhammadali uchun 2025 yil bir necha frontda sinov bilan boshlandi. Dastlab, u O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etdi. Keyinchalik "Paxtakor" safida Superliga o'yinlarida muntazam qatnashdi. 11 ta uchrashuvda 3 ta gol va 1 ta assist — uning jamoasi uchun etarlicha salmoqli hissasini anglatadi. Muhimi, u o'z salohiyatini nafaqat mahalliy, balki xalqaro darajada ham ko'rsatishga ulgurdi — yaqinda Belgiyaning "Antverpen" klubiga yo'l oldi. Bu esa uning iqtidoriga Evropa klublari ham etibor qaratayotganidan dalolat.


Javohir Ro'ziev ("Buxoro", 2004 yil)

“Buxoro” jamoasi bu yilgi Superligada bir nechta yosh futbolchilarga imkoniyat berdi va shulardan biri — Javohir Ro'ziev. Uning o'yinini yaxshi xis etib, undan unumli foydalanayotgan murabbiy — Ulug'bek Bakaev. Javohir yarim himoyada nafaqat uzatmalar, balki harakatdagi balansni saqlab turish bilan ham jamoaning muhimi bo'lib qolmoqda. Gol va assistlar bilan statistikada ajralib turmasa-da, uning tinimsiz harakatlari va taktik vazifalarni sidqidildan bajarishi murabbiylar etirofini qozongan.

Sardorbek Bahromov ("Nasaf", 2005 yil)

"Nasaf" yoshlarga doimiy ravishda imkoniyat berib keladigan, ularni katta futboldagi qirralarini ochadigan klubligi sir emas. Murabbiy Ro'ziqul Berdiev natija fonida yosh futbolchilarni ham maydonga tushirishga etibor qaratmoqda. Sardorbek Bahromov birinchi davrada 8 ta o'yinda harakat qildi va asosan Superliga tempiga moslashish bilan band bo'ldi. Uning jismoniy tayyorgarligi va o'yinga ishtiyoq bilan yondashuvi kuzatuvchilar etiborini tortdi. Katta ehtimol bilan, ikkinchi davrada u o'zini to'liq ochadi.


G'anisher Qodirov ("Sho'rtan", 2006 yil)

"Sho'rtan" safida porlayotgan yosh iqtidor egasi — G'anisher Qodirov. U joriy mavsumda 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta assist bilan yuqori samara ko'rsatdi. O'tgan yili U-19 chempionatida 18 ta uchrashuvda 8 ta gol va 2 ta assist qayd etgan futbolchi sifatida u allaqachon murabbiylar ishonchiga sazovor bo'lgan. Bu mavsumda esa asosiy jamoa safida ham o'zini ko'rsatishda davom etmoqda. Agar shunday rivojlanishni saqlab qolsa, Qodirov kelgusi mavsumlarda "Sho'rtan"ning etakchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Birinchi davrada maydonda o'zini ko'rsatgan yoshlar — bu faqat mavsumning go'zal epizodlari emas, balki kelajak futbolimizga tushgan umid nuridir. Ular murabbiylar ishonchi, o'z mehnati va harakatlari bilan katta futbol eshiklarini qoqmoqda.

Umid qilamizki, ikkinchi davrada ham bu futbolchilar o'z rivojlanishini davom ettiradi va yangilari safga qo'shiladi. Chunki har bir klub akademiyasidagi iqtidor sohibi — ertangi milliy terma jamoa uchun asos bo'lishi mumkin. Superligada yoshlarga ishonch bor ekan, kelajak bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
09 iyu 20:50:55
Фарход
Динамо да Хислат Халилов плюс килса булади.
   
09 iyu 18:51:20
Ochilov Farobiddin
Ёшлар жуда кам, борлариям жа унака ярк этмаяпди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика