"Andijon"ga yangi darvozabon va murabbiy kelmoqda
09 iyu 16:20
Yangiliklar


"Andijon"ga yangi darvozabon va murabbiy kelmoqda
Amaldagi O'zbekiston Kubogi sohibi va OCHL-2 turniri qatnashchisi "Andijon" tanaffusda tarkibdagi bo'shliqlarni to'ldirishga astoydil bel bog'lagan ko'rinadi.
Gap shundaki, jamoa yozgi transfer oynasida ukrainalik darvozabon Artyom Odincovni jalb qiladi. 24 yoshli kiperning so'nggi jamoasi Vengriya chempionati vakili "Dyushdor" jamoasi bo'lgan. Bundan tashqari faoliyati davomida "Kishvarda" (Vengriya), "MFA Munkach" (Ukraina) jamoalarida to'p tepgan. Transfermarket malumotlariga ko'ra, posbon 275 ming evroga baholangan.
Shuningdek, Maksim Shackixning murabbiylar shtabida Nikita Shkvirin ish boshlashi aniq bo'lib ulgurgan. U jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. Shkvirin "Andijon"ga kelguniga qadar "Paxtakor"da ishlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar