Rasman: Bobir Abdixoliqov "Paxtakor" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2025, 17:08
"Paxtakor" Bobir Abdixoliqovni o'z safiga qo'shib oldi.

"Sherlar" matbuot xizmati bu haqda rasman e'lon qildi.

Oldinroq saytimizning "Eshitdik-da" runki orqali Bobir Abdixoliqov "Paxtakor"ga o'tishi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o'tamiz, Bobir Abduxoliqovning so'nggi jamoasi "Sumqayit" hisoblanadi. Hujumchi 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Пахтакор матбуот хизмати