So’nggi yangiliklar

00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3

Avazbek O'lmasaliev: "Ikkinchi davrada o'z o'rnimizni qaytaramiz, OKMK kurashdan chiqqani yo'q" Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Ikkinchi davrada o'z o'rnimizni qaytaramiz, OKMK kurashdan chiqqani yo'q"

Superliganing birinchi davrasi OKMK uchun turli kayfiyatda o'tdi - mavsumni yaxshi boshlagan jamoa davra oxiriga kelib, ancha ochko yo'qotdi.

Jamoaning mudofaa chizig'i vakili Avazbek O'lmasaliev "Mashal" bilan o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

- Birinchi davrani juda yaxshi boshladinglar, ammo keyin natijalar susaydi. Bunga asosiy sabab nimada deb o'ylaysiz?
- Ha, rostdan ham bu yil boshida yaxshi start oldik Ammo FIFA kunlari sababli o'yinlardagi uzilish bizga tasir qildi, deb o'ylayman. Tanaffusdan qaytganimizdan keyin o'yinimiz avvalgidek chiqmadi. Ritmni yo'qotdik, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikka ham tasiri bo'ldi.

- Umumiy manzarada Superliga sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Bu yilgi Superligada raqobat ancha kuchayganini barcha ko'rib turibdi. Jamoalarning ochkolari juda yaqin — bu turnir jadvalida ham aks etgan. Lekin OKMK o'ziga xos o'rni bor jamoa va hozirgi natija bizga xos emas. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada o'z o'rnimizni albatta qaytaramiz.

- OKMK ikkinchi davrada chempionlik yo'lida raqobatlasha oladimi?

- Albatta! Biz hali hech narsa tugadi deb o'ylaganimiz yo'q. Oldimizda ko'p o'yinlar bor, imkoniyatlar ham bor. OKMK har mavsumda oxirigacha kurashadi — bu yil ham shunday bo'ladi, deb ishonaman.

- Birinchi davrada qaysi hujumchiga qarshi o'ynash eng murakkab bo'ldi?
- Rostini aytsam, hali bunday futbolchi chiqmadi!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика