So’nggi yangiliklar

05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  3 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  2 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  5 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  5 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  13 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  1 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  3 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  2 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  5 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  3 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  1 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  13 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0

FIFA platformasiga integraciya: PFL klublarga qatiy talab qo'ydi Yangiliklar

FIFA platformasiga integraciya: PFL klublarga qatiy talab qo'ydi

Liga professional klublar rahbariyati, TMS, licenziyalash va futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun masul menejerlar ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

"Uchrashuv shu yilning 2 dekabr kuni Associaciya va Liga o'rtasidagi kelishuv asosida tashkil etildi.  

Klub endilikda FIFA tizimi bilan integraciya qilingan platformaga nafaqat Liga bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalarda ishtirok etadigan futbolchilarini, balki o'z havaskorlarini ham yuklashi talab etiladi. Bu bilan bir vaqtning o'zida uch yo'nalish tartibga keltiriladi: 

• klub qoshidagi futbol maktabi/akademiyasi tarbiyalanuvchilarini ro'yxatdan o'tkazish orqali elektron futbolchi pasportini yuritish tizimi yo'lga qo'yiladi; 

• klubning OFK licenziyalash platformasiga o'z tarbiyalanuvchilari haqidagi malumotlarni yuklashi masalasi soddalashtiriladi va shaffoflashtiriladi; 

• klubning o'z tarbiyalanuvichisi uchun kelajakda qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan ehtimoliy mashg'ulot kompensaciyasi yoki birdamlik mexanizmi mablag'larini hisoblash tizimi tartibga solinadi. 

Superliga misolida ko'rsatilsa, "Paxtakor", "Nasaf", "Bunyodkor", "Mashal", "Sho'rtan" va "Lokomotiv" klublari bir necha yillardan buyon o'z tarbiyalanuvchilariga jiddiy etibor qaratib keladi. 2025 yilga kelib o'z tizimida maktab tashkil qilayotgan klublar soni ortib, "Neftchi", OKMK va "So'g'diyona" klublari ham o'z akademiyasiga asos soldi. Bu haqda rasman elon qilganiga bir necha oy to'lgan bo'lsa-da, Liga endilikda klublardan tezlashishni talab qiladi. Ular yanvar oyidayoq U-10 yosh toifasidan boshlab, U-17 yosh toifasiga qadar ketma-ketlikda jamoalarni tashkil qilishi va har bir yosh toifasi uchun eng kamida 25 nafardan tarbiyalanuvchini elektron ro'yxatdan o'tkazishi shart. Bunda har bir tarbiyalanuvchi klub tizimiga rasmiy buyruq asosida qabul qilinishi va yosh futbolchining faoliyati to'liq monitoring qilib borilishi lozim.

Bir necha yillardan buyon Assosiaciyasining amaliy ko'magi bilan OFK lisenziyalashida qatnashib kelayotgan, biroq bugunga qadar o'z maktabi masalasida jiddiy bosh qotirmagan "Dinamo", "Navbahor", "Qizilqum", "Surxon", "Andijon", "Qo'qon-1912", "Buxoro", "Xorazm" kabi klublar esa O'FA bilan hududiy futbol maktablari boshqaruvini qo'lga olish yuzasidan shartnoma imzolaydi. Bunda ulardan ham yuqoridagi yosh toifalari bo'yicha minimum 25 nafardan tarbiyalanuvchini Liga ro'yxatidan o'tkazish so'raladi. Unga qadar esa klub professional futbolchini ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. 

Yuqoridagi masalalar har bir klub tomonidan qonun hujjatlari, reglament talablari asosida to'la tartibga keltirilishi shart. Klubning masalaga engil munosabatda bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi", – deyiladi tashkilot xabarida. 

Reyting: +7   

Fikrlar

   
15 dek 17:10:43
Tinchliksevar
Zoʻr mana shu hplat yangi talantlarga yoʻl ochadi oʻzlari porlay olmasa sugʻurib olib chiqib tarbiya qilib porlashiga sabab boʻladi bu eng yahshi qilinadigan ishlardan bittasi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика