Levandovski nega "Barselona"ga o'tganini aytdi
14 mar 00:31
Yangiliklar
Levandovski nega "Barselona"ga o'tganini aytdi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Bavariya"dan ketishi va Kataloniya jamoasiga o'tgani sababini aytdi.
"Barselona"ga o'tish qarorim faoliyatimdagi eng qiyini bo'ldi. "Bavariya"da o'ynab, barcha sovrinlarni yutdim va endi qadam tashlash kerakligini tushundim.
"Barselona"ga o'tmasimdan oldin ularga qarshi o'ynaganimda, jamoaga nimadir etishmayotganini his qilardim. Klub unchalik yaxshi bo'lmagan davrni boshidan o'tkazdi va oldingidek bo'la olmadi.
Odamlar mening yoshimni ko'p gapirishini bilaman. To'g'risini aytsam, menga umuman farqi yo'q. Agarda statistikalarimga qarasak, men hali ham yuqori darajada o'ynamoqdaman", - dedi futbolchi.
37 yoshli Levandovski ushbu mavsumda 34 o'yinda maydonga tushib, 14 gol va 3 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar