So’nggi yangiliklar

22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  1 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  6 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  2 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  5 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  18 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  2 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  11 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2

Otabek Shukurov: "Bosh murabbiy Evropadan 2-3 nafar oshpaz olib keldi, osh yoki shunga o'xshash taomlar kamaytirilgan" Yangiliklar

Otabek Shukurov: "Bosh murabbiy Evropadan 2-3 nafar oshpaz olib keldi, osh yoki shunga o'xshash taomlar kamaytirilgan"

O'zbekiston terma jamoasi Otabek Shukurov saytimiz vakili Samandar Shokirovga eksklyuziv intervyu berib, mundialga tayyorgarlik haqida gapirib berdi.

- O'zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlari haqida qanday fikrdasiz?

- Qurani ko'rdik. Raqib jamoalarga qarshi munosib o'yin ko'rsatish uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Ko'pchilik Kolumbiya bilan o'ynash oson deb o'ylamoqda, unday emas. Portugaliya va Kolumbiya juda kuchli jamoalar. O'zimizning ilk mundialimizda munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. Yaxshi natija ko'rsatishga, muxlislarni xursand qilishga intilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasining guruhdagi o'yinlari uchta shaharda bo'lib o'tar ekan. Orasidagi masofa esa 800-1000 km.ni tashkil etar ekan. Bu bizga qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

- Mundialda oson bo'lmaydi. Har qanday vaziyatga tayyor bo'lish kerak. Federaciya vakillari bunga echim topadi. FIFAdagilar ham yaxshi sharoitlar yaratib bersa kerak. Bir narsa xursand qildi. Masofasi uzoq bo'lsa ham, o'yinlar 3 yoki 4 oralig'ida emas, har 5 kunda o'tkazilar ekan. Birinchi turni qanday boshlasak davomi ham shunga bog'liq.

- Guruhimizdagi eng kuchli terma jamoa qaysi?

- Portugaliya. Kolumbiya ham kuchli jamoa. O'zbekiston esa "nolinchi" o'rinda (ulardan ham yuqorida). Guruhni muvaffaqiyatli yakunlashga harakat qilamiz. Jismoniy holat bo'yicha murabbiylar biz bilan bog'lanib, kerakli maslahatlarni berib turibdi. Oxirgi yig'inda bosh murabbiy so'nggi mundialda jamoalar o'rtacha qancha yugurgani haqida malumot berdi va biz yaxshi holatdaligimizni aytdi. Tayyorgarlikni hozirdan boshlab, yuqori tempga tayyor bo'lishimiz kerak.

- So'nggi mundialdagi natijalar va bizning terma jamoa o'rtasidagi farq qanchalik yaqin ekan?

- Masofa emas, uni qanday tezlikda bosib o'tganingiz muhimroq. Aynan shu jihatdan biroz ortda ekanmiz. Murabbiy o'sha darajaga etishimiz kerakligini aytib, maslahatlar berdi.

- Oxirgi yig'inda terma jamoaga oshpaz jalb qilindi va yana qo'shimcha rollar uchun ishchilar jalb qilindi. Avval bunaqasi bo'lmagan. Bu terma jamoamizga yordam beryaptimi?

- Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Aynan shu kichkina detallar ko'p narsani hal qilishi mumkin. Munidalga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun bosh murabbiy Evropadan 2-3 nafar oshpaz olib keldi. Futbolchilarga bu yoqdi. Har safar ovqatlangani kirganingizda futbolchiga kerak bo'lgan eng muhim taomlar bo'ladi. Osh yoki shunga o'xshash taomlar kamaytirilgan. Mashg'ulotdan oldin vitamin beriladi, undan so'ng organizmni tiklovchi vitamin... Bu narsalar kichkina jihatdek ko'rinishi mumkin, lekin katta ahamiyatga ega deb o'ylayman. Bosh murabbiy Evropadan fiziterapevt ham olib kelishini aytdi. Ularning talabini bajarib ishlasak, kuchayib boraveramiz.



Reyting: +14   

Fikrlar

   
22 dek 08:49:42
МЕNТАL!SТ
Haqiqat-2 foydalanuvchining fikriga javob berish
Онени амига ухшатдим))) Роса котталашиб кетибди куток кирвурганидан
Onangni o‘ng dumbasida xoli bor o‘g‘lim xD
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика