

O'yin Oberndagi (AQSH) "Jordan-Xeyr" stadionida bo'lib o'tdi.
O'yinning 8-daqiqasida Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Valentin Barko hisobni ochdi. 72-daqiqada hujumchi Lionel Messi penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, uchrashuvning 87-daqiqada Tyago Almada gol urib, yakuniy nuqtani qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi bo'lajak mundialda "J" guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.



