

So'nggi haftalarda futbolchining bel qismida og'riqlar kuzatilgan bo'lib, dori-darmon va fizioterapiya muolajalari orqali uning holati yaxshilangandi.
Biroq keyinchalik og'riqlar qayta bezovta qila boshladi. O'tkazilgan MRT tekshiruvi natijalariga ko'ra, unda umurtqalararo disk churrasi (mejpozvonochnaya gryja) qayta huruj qilgani ma'lum bo'ldi.
Ayni paytda Jaloliddin Masharipovning sog'lig'i bo'yicha Milliy jamoa tibbiy shtabi tomonidan ish olib borilmoqda. Holat yuzasidan yakuniy tibbiy xulosalar olingach, qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.



