Vengriya – Qozog'iston uchrashuvi chog'ida "o'rgimchak-kamera" maydonga qulab tushdi

Aslanov Jasurbek
10 iyun 2026, 11:48
Vengriya – Qozog'iston uchrashuvi chog'ida kutilmagan voqea yuz berdi.

Vengriya va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini (3:1) vaqtida operator deyarli jabrlanishiga sal qoldi.

O'yinni havodan tasvirga olish uchun foydalaniladigan "o'rgimchak-kamera" uzilib kyetib, to'g'ridan-to'g'ri maydonga quladi. Kamera tushgan paytda yonida operator bor edi – videoda ko'rinib turganidek, texnika undan taxminan bir metr nariga erga urilgan.

Hech kim jabrlanmadi.

VIDEO

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia