Kafu Rafinya haqida: "U bilan "Oltin to'p" uchun raqobatlasha oladigan o'yinchilarni ko'rmayapman"
06 may 00:50
Yangiliklar


Kafu Rafinya haqida: "U bilan "Oltin to'p" uchun raqobatlasha oladigan o'yinchilarni ko'rmayapman"
– Rafinya "Oltin to'p" uchun asosiy nomzodmi?
– To'g'risini aytadigan bo'lsam, bugungi kunda Rafinya bilan raqobatlasha oladigan ko'p o'yinchilarni ko'rmayapman. Balki faqat Muhammad Salohdir. Menimcha, aynan shu ikki o'yinchi – "Oltin to'p" uchun asosiy davogarlar hisoblanishadi.
Rafinya allaqachon 31 ta gol urib, 25 ta golli uzatma berdi. U hatto Messining rekordini yangiladi ("Barsa"da Chempionlar Ligasi mavsumida eng ko'p golli harakatlar bo'yicha). Bu ishni hozir dunyodagi eng yaxshi deb hisoblangan, yulduzlar bilan to'lgan jamoada amalga oshirildi.
U ushbu jamoaning yuragi, uni harakatlantiruvchi motor, "Barselona" o'yinining tezligini belgilab beruvchi shaxs. Menga braziliyalikning haqiqiy etakchiga aylanishi juda yoqimli.
Rafinya "Barsa"dek buyuk klubning sardori va bu ko'p narsani anglatadi", – dedi Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kafu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar