Afsonaviy Kafu Qozog'istonga keldi
04 apr 2025 11:50
Yangiliklar
Afsonaviy Kafu Qozog'istonga keldi
Futbol bo'yicha ikki karra jahon chempioni, braziliyalik sobiq futbolchi Kafu "Qayrat" klubining Olmaotadagi akademiyasiga tashrif buyurib, klub tarixi bilan yaqindan tanishdi.
"Bugun Braziliya terma jamoasi bilan ikki karra jahon chempioni va futbol tarixidagi eng nomdor futbolchilardan biri bo'lgan afsonaviy Kafu "Qayrat" futbol klubi keldi", – deb yozadi Olmaota klubi matbuot xizmati.


Kafu akademiya infratuzilmasi va yashash sharoiti bilan tanishib, o'quv-mashg'ulot ishlarining tuzilishiga yuqori baho berdi.
Yig'in davomida Kafu yosh futbolchilarga maslahat berib, tekbol o'ynadi. Uchrashuv so'ngida faxriy mehmonga klub tomonidan minnatdorlik belgisi sifatida 2-raqamli "Qayrat" libosi topshirildi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar