So’nggi yangiliklar

09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  25 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  4 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  14 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  2 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  10 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  150 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  10 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9

Superliga. Peshqadam "Nasaf" Samarqandda jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Superliga. Peshqadam "Nasaf" Samarqandda jangovar durang qayd etdi

Superliga 15-turidan o'rin olgan bellashuv yakuniga etdi.

Superliga

15-tur

"Dinamo" – "Nasaf" 2:2  

Samarqand. "Dinamo" stadioni. 20:00

Gol: Anvar Hojimirzaev (Sanjar Qodirqulov) 26', Marko Stanoevich penalti 45+2' – Jahongir O'rozov avtogol 16', Akmal Mozgovoy 85'

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Akmal Giyasov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Islom Azimov

Komissar: Davron Ibrohimov

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 8.Sanjar Qodirqulov, 10.Anvar Hojimirzaev, 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 22.Ulug'bek Abdullaev (4.Akbar Abdirasulov, 88), 25.Oybek O'rmonjonov (11.Xislat Xalilov, 88), 37.Firdavs Abdurahmonov (9.Mirjahon Mirahmadov, 64, 24.Muhsin Bozorov, 71)), 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 27.Eden Nemanov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 23.Behruz Oblaqulov. 

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (92.Umarbek Eshmurodov, 73), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhiddinov (9.Javohir Sidiqov, 73), 18.Husayn Norchaev (22.Igor Golban, 80), 24.Sardor Bahromov (17.Suhrob Nurulloev, 46), 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (33.Bahodir Xalilov, 90+4).

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 55.Diyorbek Abdunazarov, 73.Diyorbek Asomiddinov, 80.Davronbek Usmonov.

Ogohlantirishlar: Jahongir O'rozov (7), Zafarmurod Abdiraxmatov (45+2), Akmal Mozgovoy (62), Sanjar Qodirqulov (63).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+4. "Nasaf"da almashtirish: Bozorov o'rniga Xalilov uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

90+2. Davronov Hojimirzaevga nisbatan qoidani buzdi. 

90. Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shildi. 

89. Dahshaaaat! Hojimirzaevning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Ratino chamasi 8 metrdan darvozaga yo'naltirdi, biroq noaniq... 

88. "Dinamo"da 2 ta o'zgarish: O'rmonjonov o'rniga Xalilov, Abdullaev o'rniga Abdirasulov tushirildi. 

85. GOL! "Nasaf" vakillarining ketma-ket zarbalari samara berdi. Mozgovoyning chap oyoqda bergan zarbasidan so'ng to'p Yagudinning oyoqlari orasidan kirib ketdi – 2:2!

82. Zarbaaa! Mozgovoyning erlatib yo'llagan zarbasini Yagudin bartaraf etdi. 

81. Zarbaa! Hojimirzaevning zarbasini Nematov qaytarishga erishdi. 

80. "Nasaf"da o'zgarish: Norchaev o'rniga Golban tushirildi. 

77. Sidiqovning burchak zarbasidan oshirib bergan pasidan keyin to'p Davronov va Eshmurodovdan o'tib ketdi. 

73. "Nasaf"da 2 ta almashtirish: Muhitdinov o'rniga Sidiqov, Abdiraxmatov o'rniga Eshmurodov o'yinga qo'shildi. 

73. Hojimirzaev to'pni olib qo'yib, darhol sherigini oldinga boshladi, biroq hakam to'p hujumchining qo'liga tekkanini payqab qoldi. 

71. "Dinamo"da o'zgarish: Mirahmadov jarohat tufayli o'rnini Bozorovga bo'shatib berdi.

69. Mirahmadovga tibbiy yordam zarur. U "Nasaf" vakili bilan to'qnashuvda jabrlandi.

67. Zarba! Muhitdinovning kuchla zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

66. Kucherenko Norchaevga nisbatan qoidani buzdi. Mehmonlarda standart vaziyat. 

64. "Dinamo"da almashtirish: Abdurahmonov o'rniga Mirahmadov maydonga tushdi. 

63. Sanjar Qodirqulov Nurulloevga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka oldi. 

62. Akmal Mozgovoy davomiy etirozlari uchun ogohlantirildi

59. Zarba! Sherzod Nasrullaevning jarima maydonchasi ichidagi zarbasidan so'ng to'p himoyachilarga tegib qaytdi. 

53. "Nasaf" omadini hujumdan izlamoqda, "Dinamo" esa himoyada hushyorlikni yo'qotmayapti. 

50. Bozorovning o'zi standartni amalga oshirdi, biroq to'pga hech kim ulgurmadi. 

49. Oybek Bozorovga nisbatan qoida buzildi, jarima zarbasi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Nasaf"da o'zgarish: Bahromov o'rniga Nurulloev bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 2:1. Tanaffus! 

45+2. GOL! Marko Stanoevich penaltini "Panenka" uslubida amalga oshirib, hisobni o'zgartirdi – 2:1!

45+2. Penalti! Abdiraxmatov Hojimirzaevni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Aybdorga sariq kartochka ham berildi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

41. Ratino Mozgovoy bilan jiddiy to'qnashib ketdi, ikki futbolchiga ham tibbiy yordam ko'rsatildi. 

38. Akmal Mozgovoy hujum chog'ida raqibga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

36. Zarbaaa! Abdurahmonovning yaqin masofadan bergan zarbasini Nematov bartaraf etdi. 

33. O'rozovdan Homijirzaev tomon uzun pas etib keldi, biroq hujumchi ofsaydda qolgani malum bo'ldi. 

30. Abdullaevning yaxshi o'ylangan pasidan so'ng Ratino to'pga ega chiqolmadi, unga qarshiliklar himoyachilari to'sqinlik qildi. 

26. GOL! Qodirqulovning pasidan keyin Hojimirzaev chap oyoqda darvozani nishonga oldi – 1:1!

21. Zarbaa! Muhitdinovning burchak zarbasidagn oshirib bergan to'pini Davronov bosh bilan darvozaga yo'lladi, sal noaniq. 

19. Abdurahmonov maydon markazida Cheranga nisbatan qo'pollik ishlatdi, serbiyalik hujumchi raqibga etirozini bildirdi. 

16. GOL! Muhitdinovning uzatmasidan keyin Davronov darvozani poyladi, to'p yo'l-yo'lakay O'rozovga tegib to'rdan joy oldi – 0:1!

13. Zarbaaaa! Ratinoning zarbasidan keyin to'p to'sinni qaqshatdi! 

13. Uuuux! Abdurahmonovning aylanma zarbasidan so'ng to'p darvoza to'siniga tegdi! 

9. Zarba! Muhitdinovning zarbasi ko'rinishidan xavfli chiqdi, ammo Yagudin to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

7. Bozorov 16 ni chizig'i ustida O'rozov tomonidan yiqitildi. "Dinamo" vakiliga sariq kartochka ko'rsatildi. 

4. "Dinamo" himoyachilari Bozorovga nisbatan qoidani buzdi. 

2. O'rmonjonovning yaxshi pasidan so'ng Hojimirzaev to'pni egallab olishga qiynaldi, aks holda juda xavfli vaziyat kuzatilishi mumkin edi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

"Dinamo" – "Nasaf" o'yinida VAR ishlamaydi, bahsni translyaciya qilishda atigi ikkita kamera ishlatiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика