Kafu: "Gattuzo – mukammal tanlov"
16 iyu 17:32
Yangiliklar


Kafu: "Gattuzo – mukammal tanlov"
Italiyaning "Milan" klubida uzoq vaqt to'p tepgan braziliyalik sobiq himoyachi Kafu Italiya terma jamoasiga Jennaro Gattuzoning bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gapirdi.
Gattuzo bilan birga "Milan"da o'ynagan Kafu u buni uddalashiga shubha qilmayapti. Kafu Jennaroni bu lavozim uchun eng yaxshi variant deb atadi.
"Mening yaqin do'stim Jennaro – Italiya terma jamoasi uchun eng zo'r tanlov. Ishonchim komilki, u eplaydi va jamoani Jahon chempionatiga olib chiqadi. Hozir yurak, shaxsiyat va ko'p mehnat kerak, Gattuzo buni amallaydi", – dedi Kafu.
Eslatib o'tamiz, avvalgi murabbiy Luchano Spalletti istefoga chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
gattuso urtamiyona yoki b seriyadagi jamoaga mos murabbiy edi Mtj topshirish xato buldi deb uyliman
yan siz aytganizdek Vallohu A’lam
ham shu ishni qilar
lekin men ishongim kelmayapti natija qilishiga