Dublga erishgan legioner, "Navbahor"ni mag'lub etgan murabbiy, gol o'tkazmagan posbon va 25 yoshli himoyachi - Superligada 15-turning eng yaxshilari
09 iyu 17:35
Yangiliklar


Dublga erishgan legioner, "Navbahor"ni mag'lub etgan murabbiy, gol o'tkazmagan posbon va 25 yoshli himoyachi - Superligada 15-turning eng yaxshilari
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi darvozaboni – Shirinboy Abdullaev ("Buxoro")
"Buxoro" bu tur Termizda "Surxon" mehmoni bo'lib 0:0 hisobida durang qayd etdi. Bu natija qo'lga kiritilishida mehmonlar posboni Abdullaevning o'rni katta. U uchrashuv mobaynida, 5 marta jamoasini goldan asrab qoldi. Shunday qilib, Shirinboy Abdullaev Championat.asia talqinida 15-turining eng yaxshi darvozaboni deya etirof etildi.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi murabbiyi – Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")
"Paxtakor" bu turda o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Ko'pchilik bahsdan avval "Navbahor" safarda bo'lsa ham favoritligini aytdi. Biroq Tojiev boshchiligidagi "sherlar" shu kuni raqibdan deyarli har jabhada ustunlik qilishdi va undan ham ko'proq gol urishlari mumkin edi. Bejizga o'yindan keyin "Navbahor" ustozi Sergey Lushchan yaxshiyam bugun 5-8 ta gol o'tkazmadik deb intervyu bermadi. Shu tariqa, Kamoliddin Tojiev Championat.asia talqiniga ko'ra turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi futbolchisi – Lyupcho Doriev ("So'g'diyona")
"So'g'diyona" bu tur Jizzaxda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etdi - 2:1. Uchrashuvda mezbonlar to'purari Lyupcho Doriev avval o'zi ishlagan penaltidan gol urdi, keyinroq o'yindan ham gol urib "So'g'diyona"ga g'alaba keltirdi. Shu tariqa Lyupcho Doriev Championat.asia talqiniga ko'ra, 15-turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng chiroyli goli muallifi – Ilhom Vahobov ("Qizilqum")
"Qizilqum" bu turda G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'lib g'alabaga erishdi - 2:1. Bahsning 69-daqiqasida navoiyliklar chap qanot himoyachisi Ilhom Vahobov uzoq masofadan kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi va supergol muallifiga aylandi. Shunday qilib, Ilhom Vahobov Championat.asia sayti talqinida turning eng chiroyli gol muallifi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar