Joau Feliks nima uchun "Atletiko"ni tanlaganini aytdi
20 apr 2020 10:20
Yangiliklar


Joau Feliks nima uchun "Atletiko"ni tanlaganini aytdi
"Atletiko" o'yinchisi Joau Feliks nega Madrid klubiga o'tishni maqul ko'rgan edi?
"Men bu erda baxtliman. Har qanday o'yinchi dunyoning eng zo'r jamoalaridan birida o'ynashni orzu qiladi, "Atletiko" esa ulardan biridir.
Menda bir nechta qiziqarli variantlar bor edi, ammo yakunda "Atletiko"ni tanladim. Bu erda mening o'sishim uchun eng yaxshi sharoitlar mavjud deb hisoblayman", - deydi Feliks o'zi o'ynagan "Benfika" klubining kanaliga bergan intervyusida.
20 yoshli Portugaliya terma jamoasi futbolchisi "Atletiko" libosida La Ligada 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar