So’nggi yangiliklar

20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  0 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  1 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  42 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  2

Jaloliddinov "Beshiktosh"ni emas "Lokomotiv"ni tanladi Yangiliklar

Jaloliddinov "Beshiktosh"ni emas "Lokomotiv"ni tanladi

O'zbekiston terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning "Lokomotiv" klubiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.

Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Moskva klubi futbolchi uchun "Bunyodkor"ga 350 ming evro to'laydi.

Bizga malum bo'lishicha Turkiyaning "Beshiktosh" klubi ham Jaloliddinovga qiziqish bildirgan va "Bunyodkor"ga rasmiy taklif yuborgan.

Turkiya klubi futbolchi uchun 400 ming AQSH dollari (taxminan 350 ming evro) berishga tayyor edi. 

Bundan tashqari "Beshiktosh" Turkiya chempioni bo'lsa va Jasur 15ta o'yin o'yinda kamida 45 daqiqadan o'ynasa bonus tariqasida 50 ming AQSH dollari

agar "Beshiktosh" chempion bo'lsa va Jasur 30ta o'yinda kamida 45 daqiqadan o'ynasa bonus tariqasida yana 50 ming AQSH dollari bermoqchi bo'lgan. 

Keyingi transfer pulidan "Bunyodkor"ga 10 foiz to'lanar edi. 

Futbolchining o'ziga esa oyiga 15 ming evro maosh taklif qilingan. Maoshdan tashqari "Beshiktosh" futbolchining o'ziga har yili bonus ham taklif qilgan:
Birinchi yilga 50 ming evro
Ikkinchi yilga 200 ming evro
Uchinchi yilga 250 ming evro
To'rtinchi yilga 300 ming evro




Biroq Jasurning o'zi Rossiya klubiga o'tishni istadi va "Bunyodkor" rahbariyati uning istagiga qarshi bormadi.

"Rossiya chempionatida o'ynashni istadim. SHu bois "Beshiktosh" emas "Lokomotiv" variantini tanladim. "Bunyodkor" rahbariyatiga tanlovimni hurmat qilishgani uchun rahmat aytaman", - deydi Jaloliddinov championat.asia saytiga bergan intervyusida.

Reyting: +108   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика