So’nggi yangiliklar

23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  0 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  2 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1

Superliga. "Bunyodkor" "Qo'qon-1912" maydonida jangovar durang qayd etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" "Qo'qon-1912" maydonida jangovar durang qayd etdi

Superliga 23-turidan o'rin "Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

23-tur

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" 2:2 

Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 17:30

Gollar: Asliddin Toshtemirov 69', Abror Karimov (Muhammadanas Hasanov) 73' – Amir To'raqulov (Matiya Krivokapich) 40', Temurxo'ja Abduxoliqov (Imeda Ashortia) 88'

+5Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Islom Nosirov, Rasul Fozilov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Maksim Nexochin

Komissar: Abdulbosit Valixonov

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoev (6.Alisher Salimov, 89), 17.Kleydi Daci (9.Javohir Husanov, 62), 19.Shahzod Akramov (20.Iqboljon Malikjonov, 62), 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Abror Karimov, 44.Andro Giorgadze, 78.Abdug'afur Haydarov (14.Jasur Xolto'raev, 71).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 15.Zafar Hakimov, 21.Muhriddin Pazildinov, 30.Ibrohimjon Muxtorov, 69.Egor Kondratyuk.

"Bunyodkor": 22.Valijon Rahimov, 2.Nikoloz Mali, 4.Najmiddin Normurodov, 8.Martin Shroler (77.Muzaffar Olimjonov, 61), 9.Imeda Ashortia, 10.Rasul Yo'ldoshev, 15.Marko Bugarin, 21.Nosirjon Abdusalomov (23.Asadbek Rahimjonov, 73), 25.Itsuki Urata, 28.Matiya Krivokapich (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 73), 57.Amir To'raqulov (66.Azizbek To'lqinbekov, 78).

Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 5.Aleksandr Zevadinov, 17.Ollabergan Karimov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 19.Farruxjon Qodirov.

Ogohlantirish: Asliddin Toshtemirov (86).

Chetlatish: Asliddin Toshtemirov (ikkinchi sariq, 90+5).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+5. Toshtemirov Abduxoliqovning futbolkasidan tortib, hujumni to'xtatib qolgani bois ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi. 

89. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Gadoev o'z o'rnini Salimovga bo'shatib berdi. 

88. GOL! Ashortianing uzatmasidan so'ng Abduxoliqov bosh bilan gol urdi – 2:2!

88. Uuuux! To'lqinbekov va Rahimjonovning ketma-ket zarbalari Isaqov tomonidan bartaraf qilindi! 

86. Toshtemirov Olimjonovni ushlab qolgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

85. Zarba! Ashortianing chap oyoqdagi kuchli zarbasi noaniq ketdi. 

82. Zarba! Malining havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Abduxoliqov bosh bilan noaniq zarba berdi. 

80. Ashortia jarima zarbasini muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi, uning uzatmasi ancha tepaga ketib qoldi. 

78. "Bunyodkor"da almashtirish: To'raqulov o'rniga To'lqinbekov bahsni tugatib qo'yadi. 

73. GOL! Hasanovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Karimov bosh bilan darvozaga kiritdi – 2:1! 

73. "Bunyodkor"da 2 ta o'zgarish: Abdusalomov o'rniga Rahimjonov, Krivokapich o'rniga Abduxoliqov maydonga tushdi. 

71. Uuuux! Gadoev olis masofadan jarima zarbasini darvoza tomon yo'lladi, to'p rikoshet orqali darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. O'ta xavfli zarba! 

71. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Haydarov o'rniga Xolto'raev uchrashuvni davom ettiradi. 

69. GOL! Toshtemirov penalti orqali hisobni tenglashtirdi – 1:1! 

67. Penalti! "Qo'qon-1912" 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llaydi. 

65. VAR Normurodov - Haydarov to'qnashuvini ko'rib chiqmoqda. Bosh hakam ham vaziyatni o'rganish uchun monitorga yo'l oldi. 

62. "Qqo'qon-1912"da 2 ta almashtirish: Akramov o'rniga Malikjonov, Daci o'rniga Husanov tushirildi. 

61. "Bunyodkor"da o'zgarish: Shroler o'rniga Olimjonov bahsni davom ettiradi. 

59. To'raqulovga maydonda tibbiy yordam ko'rsatildi. 

56. Zarba! Abdusalomov o'ylanib turishi oqibatida Gadoev to'pni sheriklariga olib berdi, jamoa hujumga o'tdi va yakunda aynan Gadoevning o'zi o'ng oyoqda zarba berdi, noaniq. 

53. Jamoalar navbati bilan qarshi hujumga o'tishmoqda. Ammo ish zarbaga qadar etib bormayapti. 

50. "Bunyodkor" yaxshi hujum tashkil etdi. Urata qanotdan yorib kirib, markaz tomon pas uzatdi, Isaqov to'pni ushlab oldi. 

47. Zarbaa! Matiya Krivokapichning chap oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+2. Shroler jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olish ilinjida Toshtemirovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! Kleydi Dacining darvoza tomon erlatib bergan zarbasi kuchsiz chiqib qoldi. Rahimov qiyinchiliksiz to'pni qabul qilib oldi. 

40. GOL! Krivokapich qabul qilib olgan to'pni yakunda Amir To'raqulov darvoza tomon yo'lladi, kuchli zarbani Isaqov qaytarolmadi – 0:1!

39. Hasanovning uzun pasiga qo'qonliklardan hech kim ega chiqolmadi. "Bunyodkor" posboni to'pni o'yinga kiritadi. 

34. Uchrashuv deyarli teng kurashlar ostida kechmoqda. Goh u, goh bu jamoa hujumga o'tmoqda. 

29. Uuux! Toshtemirovning pasidan so'ng Gadoev zarba berdi, ammo to'p yo'l-yo'lakay Bugaringa tegib, maydondan chiqib ketdi. 

27. Uuuux! Haydarovning aylanma zarbasi ustunga tegib qaytdi. Dahshat! 

25. Ashortia Akramov tomonidan yiqitildi, navbatdagi jarima zarbasi, biroq masofa ancha uzoq. 

21. Zarbaa! Abror Karimov erlatib bergan zarbasi himoyachiga tegib, rikoshet hosil qildi va to'pni Rahimov ishonchli tarzda egallab oldi. 

20. Hasanovning burchak zarbasi orqali oshirib bergan to'pi "qaldirg'ochlar" tomonidan uzoqlashtirildi. 

18. Zarbaa! Hasanov Uratani ortda qoldirib ketib, chamasi 15 metrdan darvozani nishonga oldi, Rahimov o'zini ko'rsatdi!  

16. Zarbaaa! Martin Shroler uzoqdan kuchli, ammo noaniq bo'lgan zarbaga mualliflik qildi. 

13. Dacining uzatmasidan so'ng himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

10. Urata Hasanovga nisbatan qoidani buzdi, aks holda mezbonlar yaxshi hujum tashkil etishlari mumkin edi.  

8. Haydarov jarima maydonchasi ichidagi to'p uchun kurashda Bugaringa nisbatan qo'pol harakat qildi. Mehmonlar legioneri vaziyat yuzasidan hakamga etiroz bildirdi.  

6. Zarba! Malining olisdan bergan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

5. Chap qanotda Urataga nisbatan qoida buzildi, endi "Bunyodkor"da standart vaziyat. 

3. Haydarov raqiblarini chiroyli tarzda ortda qoldirib, jarima zarbasi ishladi. U tezkorlik bilan o'yinga kiritildi va Gadoev noaniq zarba yo'lladi. 

1. Uchrashuv start oldi! 

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
28 sen 19:31:49
Azim Ismailov
Кукон ютиши керак эди эх яхши булмабди
+1   
28 sen 19:29:49
Faxriddin Aliyev
Kane 010 Kane 010 foydalanuvchining fikriga javob berish
Musorlar ga faqat xakam yordam berarkanda
Kimga kim yordam berdi oʻzi
   
28 sen 19:00:01
Kane 010 Kane 010
Musorlar ga faqat xakam yordam berarkanda
-2   
28 sen 19:05:20
barselona7
Бунёдкор биринчи даврада етарлича очко тўплади. Про лигага тушиб кетмаслиги аниқ. Энди буёғига сахийлик билан очко улашишда давом этади.
-2   
28 sen 17:32:17
Жамшид Jamshid
Бунёдкор ютади. Зейтуллаев акллик иш килди захирага олиб
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика