So’nggi yangiliklar

19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  3 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  3 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  2 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  9 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11 16:10Модрич афсонавий Ференц Пушкаш рекордини янгилади  4 15:40 "Бунёдкор" академияси тарбияланувчилари Хорватияга боради   0 15:20Ихтиёр Ропиев: "Осиё кубогидаги энг яхши ўйинимиз Эрон билан бўлди"  1 14:59U-23 Осиё Кубоги финалини эронлик ҳакам бошқаради  2 14:33"Челси" "Манчестер Сити" юлдузига кўз тикди  2 14:07Рауль Германиядан таклиф олди  1

Ivan Solovyov: "Kanchelskis uchun "Navbahor"da barcha teng edi. "Nasaf"da yangi marralarni zabt etmoqchiman" Yangiliklar

Ivan Solovyov: "Kanchelskis uchun "Navbahor"da barcha teng edi. "Nasaf"da yangi marralarni zabt etmoqchiman"

Qarshining "Nasaf" jamoasi kecha o'z safiga rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyovni qo'shib olganini rasman elon qildi.

2019 yildan beri chempionatimizda o'ynab kelayotgan futbolchini muxlislar juda yaxshi tanishadi. "Navbahor"dagi 3 yillik faoliyati davomida u qolgan legionerlarga nisbatan yaxshi taassurot qoldira oldi, deya olamiz. Ushbu mavsumdan boshlab esa Solovyov "ajdarlar" libosida harakat qiladi. 


- Ivan "Navbahor" bilan shartnomangiz bo'lishiga qaramasdan klubni tark etib "Nasaf"ga ko'chib o'tdingiz. Namanganliklar sizni olib qolishni istamadimi yoki bu o'zingizdan chiqqan g'oyami?

- "Navbahor"dan ketish o'zimning fikrim edi. Aytganingizdek klub bilan yana bir yillik shartnomam bor bo'lishiga qaramay jamoamni o'zgartirdim. Menga "Nasaf"dan jiddiy taklif borligini aytishdi. Ularning chorlovini ko'p ham o'ylab o'tirganim yo'q. 

- Sizni Qarshiga jalb qilgan asosiy jihat nima?

- Bu jamoada futbolchilarga bo'lgan munosabat yaxshiligidan xabardorman. "Nasaf"ning infratuzilmasiga qoyil qolmasdan iloji yo'q. Umuman olganda yangi jamoaga qo'shilganimdan xursandman. 

- "Navbahor"da Andrey Kanchelskis, Deyan Jurjevich, No'mon Hasanov, Viktor Jalilov kabi murabbiylar bilan ishladingiz. Ularning qaysi biriga alohida tarif bera olasiz?

- Siz aytgan murabbiylar orasidan eng yaxshisi Andrey Kanchelskis edi. Uning davrida jamoa jismonan juda yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan. Andrey Antanasovich o'z jamoasidagi futbolchilarni yaxshi ko'rardi. Murabbiy uchun barcha birdek hisoblanardi. 

- 2021 yilgi mavsum yakunlangach o'zingizda qanday istak bor edi, O'zbekistonda yoki xorijda faoliyatingizni davom ettirish?

- Albatta O'zbekistonda qolib o'ynash istagi kuchlilik qildi. 

- Qishki transferlar vaqtida yana qaysi klublardan takliflar oldingiz?

- Ko'plari aniq muzokaragacha bormadi. Faqatgina AGMK aloqaga chiqdi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика