So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

O'zbekiston kubogi. "Navbahor" "Dinamo" bilan bahsda g'alabani qo'ldan boy berdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Navbahor" "Dinamo" bilan bahsda g'alabani qo'ldan boy berdi

O'zbekiston kubogi 3-tur doirasida "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Dinamo" — "Navbahor" 1:1
Gollar:  Joel Kojo 82` — SHodiyor SHodiboev 66`.

"Dinamo": 1. Farhod Rahmatov, 3. Ulug'bek Abdullaev, 4. Odilbek Abdumajidov, 7. Francis Narx, 10. Joel Kojo, 20. Jurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvarjon Xojimirzaev, 22. Sanjar SHaaxmedov (s), 23. Farruh Ikromov, 44. Dushan Miyich, 77. Vohidjon Oqbo'taev.
Zaxira: 13. Ravshanbek Yagudin, 5. Anvarjon Fayzullaev, 14. Baxodir Nasimov, 24. Boburbek Yorbekov, 30. Abubakir Mo'ydinov, 35. Emanuel Yagr, 58. Husniddin G'afurov.

"Navbahor": 21. Aleksandr Lobanov, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 7. Azimjon Ahmedov (s), 8. Siyavash Haqnazari, 13. Filip Ivanovich, 21. Giorgi Nikabadze, 23. Yovan Jokich, 24. Dostonbek Abdulhaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 33. SHodiyor SHodiboev, 71. Navro'zbek Iminjonov.
Zaxira: 1. O'tkir Yusupov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 14. Jamshid Boltaboev, 19. SHerzodbek Abdulbo'riev, 22. Toma Tabatadze, 34. Farruh Sayfiev.

Dinamo

Joel Kojo - 82'

O'zbekiston Kubogi. 3-tur

28/04/2024, 18:00

1
:
1
Tugadi

Navbahor

Shodiyor Shodiboyev - 66'

45'
90'
82'  Joel Kojo
66'  Shodiyor Shodiboyev



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 


YANGILASH


90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. O'zgarish! Ratino o'rniga Bahodir Nasimov maydonga tushmoqda.

82-daqiqa. GOOOOOOL! Ketma-ket hujumlar uyushtirgan "Dinamo" oxiri niyatiga etdi. Ajoyib kombinaciya va hisob tenglashmoqda. Joel Kojo yakuniy zarba muallifi.

79-daqiqa. O'tkazib yuborilgan goldan keyin "Dinamo" faollashdi va to'p asosan aynan mezbonlar nazoratida bo'lmoqda. Ular ko'proq hujum uyushtirishmoqda. "Navbahor" esa bunga unchalik qarshi emasdek.

77-daqiqa. "Dinamo" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi.

66-daqiqa. GOOOOOL! Dastlabki zarbani "Dinamo" darvozaboni qaytardi, ammo "Navbahor" futbolchisi SHodiyor SHodiboev qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib keldi va hisobni ochdi!

64-daqiqa. Standart vaziyatdagn keyin qaytgan to'pni Filip Ivanovich darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, ammo u yo'llagan to'p darvozadan ancha yuqoriga qarab yo'l oldi. 

61-daqiqa. O'zgarishlar! "Dinamo" safida ham yangi futbolchilar o'yinga qo'shildi. Hislat Halilov hamda Damir Temirov jangga tashlandi.  

60-daqiqa. O'zgarishlar! "Lochinlar" safida Abrorbek Ismoilov va Asadbek Sobirjonov maydonga tushirildi. 

59-daqiqa. "Navbahor" ijrosidagi burchak zarbasi ham muvaffaqiyatli chiqmadi. 

58-daqiqa. "Navbahor" futbolchisi jarima maydonchasiga yorib kirib, to'pni darvozabondan o'tkazishni uddaladi, biroq himoyachi u to'rga borib tushishiga yo'l qo'ymadi.  

54-daqiqa. O'yin tempi biroz oshgandek, ammo asosiy kurash maydon markaziga yaqin zonalarda kechmoqda. 

47-daqiqa. Maydon egalari burchak zarbasi ishlab olishdi. Biroq uzatilgan to'pni darvoza yo'llashning imkoni topilmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

45+2-daqiqa. "Navbahor" hujumini markazga yaqin hududda to'xtatishga muvaffaq bo'lgan samarqandliklar o'zlari oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, lekin uzatmadagi xatolik bunga imkon bermadi. Aynan shu pallada bosh hakam bellashuvning dastlabki bo'limi yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Tanaffus!   

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi!

41-daqiqa. GOOOOOOLAmmo, lekin, biroq... Bosh hakam gol urishdan biroz avval mezbonlar futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketganini qayd etdi va kiritilgan to'p inobatga olinmadi.  

36-daqiqa. Meg'monlarning rivojlanish jarayoni uzoq davom etgan hujumi baribir oxiriga etmadi va hakam aynan namanganliklar hujumda fol ishlatdi deb topdi.  

30-daqiqa"Navbahor"ning hujumi boshlanmay yakuniga etdi.  

24-daqiqa. Biroq mezbonlar ishni zarbagacha etkaza olishmadi. 

23-daqiqa. "Dinamo" jarima maydonchasi chizig'i oldidan standart vaziyatga ega bo'lmoqda. 

16-daqiqa. Mehmonlar vakili maydonda yotibdi. 

13-daqiqa. "Navbahor" standart vaziyatdan naf chiqara olmadi. 

5-daqiqa. Dastlabki daqiqalarni har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan o'tkazmoqda.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Dinamo" futbolchilari boshlab berishdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика