"Andijon" Boltaboev, Davronov va Yo'ldoshev bilan shartnomani bekor qildi

12 iyun 2026, 22:48
“Andijon” jamoa yozgi yig'inni boshladi va tarkibda ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi.

“Jumladan, darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachi Ibrohim Yo'ldoshev va yarim himoyachi Jamshid Boltaboev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi har ikki tomonning o'zaro roziligi asosida bekor qilinganini ma'lum qilamiz.

Xabaringiz bor, ushbu futbolchilar mavsum avvalida jamoamizga qo'shilishgandi. O'tgan vaqt davomida Davronov “Andijon” tarkibida chempionat va Kubok doirasida hammasi bo'lib, 8 ta o'yinda maydonga tushdi. Ibrohim Yo'ldoshev bitta o'yinda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi. Boltaboev esa “Andijon” safida Superligada 7 ta o'yinda maydonga tushdi.

Davronov, Yo'ldoshev va Boltaboevga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz”, - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Андижон" матбуот хизмати