JCH-2026. Kanada 79-daqiqada urilgan gol evaziga Bosniya va Gertsegovina bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

13 iyun 2026, 01:55
JCH-2026 "B" guruh 1-tur doirasidagi Kanada - Bosniya va Gertsegovina o'yini bo'lib o'tdi.

Kanada - Bosniya va Gertsegovina 1:1

Gollar: Kayl Larin (79) - Yovo Lukich (21).

Kanada: Krepo, Lari, Jonston, Kornelius, De Fujerol, Eushtakiu, Kone, Byukenen, Millar, Devid, Oluvaseyi.

Bosniya va Gertsegovina: Vasil, Dedich, Katich, Muxaremovich, Kolashinac, Taxirovich, Bashich, Memich, Bayraktarevich, Demirovich, Lukich.

90+6. O'yin yakunlandi.

90+6. Larin! Kanada terma jamoasi hujumchisining raqib darvozaga yo'llagan zarbasini mehmonlar qaytarib yuborishdi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

79. GOL! Zaxiradan o'yinga tushgan Kayl Larin hisobni tenglashtirmoqda.

66. Yana bir mehmonlar o'yinchisi darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytardi. Kanadaliklar esa jon-jahdlari bilan gol urishga harakat qilishmoqda.

54. Bosniya va Gertsegovina futbolchisi raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo yakunda vaziyatdan foydalana olmadi.

53. Kanada hisobni tenglashtirishga juda yaqin kelgan edi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni mehmonlar yulduzi Sead Kolashinac qaytardi va to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

TANAFFUS

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga hakam 4 daqiqa qo'shib berdi.

45. Ermedin Demirovich (Bosniya va Gertsegovina) raqibiga ishlatgan keskin foli uchun sariq kartochka oldi.

32. Kanada terma jamoasi hujumchisi Tani Oluvaseyi raqibini aldagan holda jarima maydonchasi ichiga kirib, zarba berdi. Ammo, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

21. Bosniya va Gertsegovina hisobni ochdi! Yovo Lukich burchakdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga yo'lladi.

17. Kanada terma jamoasi o'yinda hisobni ochishi mumkin edi. Himoyachining xatosidan so'ng to'p Jonatan Devidga kelib tushdi. Ammo, “Yuventus” hujumchisi qulay vaziyatda darvozabon turga joyga zarba berib qo'ydi.

11. O'yindagi ilk sariq kartochka Kanada terma jamoasi o'yinchisiga ko'rsatildi. Alister Djonston raqibini to'xtatib qolgani uchun hakam tomonidan “siylandi”.

3. Amar Memich Kanada terma jamoasi jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan so'ng yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo, uning zarbasi noaniq chiqdi va darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

1. O'yin boshlandi!

- Barchaga salom. Bugun sizlar bilan birgalikda musobaqa mezbonlaridan biri Kanada terma jamoasining Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinini kuzatib boramiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia