O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Esanovning dubli evaziga bir kishi kam bo'lib qolgan Saudiya Arabistonini mag'lub etdi

admin
17 noya 2026, 21:30
O'zbekiston terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvi yakunlandi.

Xalqaro o'rtoqlik bahsi

Saudiya Arabistoni – O'zbekiston 1:2

Qatar. Doha. “Jassim bin Hamad” stadioni. 20:30

Gollar: 0:1 – 19, Sherzod Esanov; 1:1 – 23, Firas Al-Buraykan; 1:2 – 35, Sherzod Esanov

Saudiya Arabistoni: 1. Homid Yusuf (22. Abdulquddus Atiya, 46), 12. Saud Abdulhamid (13. Navaf Bushal, 46), 4. Abduliloh Al-Amri (3. Ali Lajami, 46), 5. Hassan Al-Tambakti, 24. Mutaib Al-Harbi (31. Faris Abdi, 46), 15. Abdulloh Al-Xaybari (10. Muxtor Ali, 46), 6. Nosir Al-Dovsari (29. Muhammad Al-Kuvaykibi, 71), 7. Musab Al-Juvayr (17. Abdulloh Xatib, 58), 8. Marvan Al-Sahafi (16. Ziyad Al-Johani, 64), 27. Ahmad Al-G'amdi (23. Muhammad Kanno, 58), 9. Firas Al-Buraykan (19. Abdulloh Al-Hamdan, 46).

Zaxira: 26. Turki Al-Ammar.

O'zbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 4.Behruz Karimov (15.G'iyosjon Rizaqulov, 88), 5.Rustam Ashurmatov, 6.Akmal Mozgovoy, 7.Umarali Rahmonaliev (11.Aziz Xolmurodov, 73), 9.Odil Hamrobekov (10.Aziz G'aniev, 88), 21.Husayn Norchaev (17.Doston Hamdamov, 73), 22.Abbos Fayzullayev (20.Aziz Amonov, 54), 23.Sherzod Esanov, 25.Mahmud Mahamadjonov (2.Dilshod Murtazaev, 88), 26.Jahongir O'rozov.

Zaxira: 1.Vladimir Nazarov, Samandar Muratbaev, Azizbek To'lqunbekov, 8.Jasur Jaloliddinov, 13.Nodir Abdurazzoqov, 18.Behruz O'ktamov, 19.Ruslan Jiyanov, 24.Diyor Xolmatov, 27.Muhammadrasul Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Abdulloh Al-Amri (34), Rustam Ashurmatov (78), Sherzod Esanov (82), Jahongir O'rozov (87)

Chetlatish: Ali Lajami (50)

🏁 Uchrashuv yakunlandi! O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan g'alaba qozondi.

⏱ 90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 88-daqiqa. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida uchta o'zgarish amalga oshirildi: Odil Hamrobekov o'rniga Aziz G'aniev, Mahmud Mahamadjonov o'rniga Dilshod Murtazaev hamda Behruz Karimov o'rniga G'iyosjon Rizaqulov maydonga tushirildi.

85-daqiqa. Hassan Al-Tambakti jarima zarbasidan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba yo'lladi, biroq Abduvohid Ne'matov to'pni egallab oldi.

🟨 82-daqiqa. Sherzod Esanov hakam hushtagidan so'ng to'pni tepib yuborgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

🟨 78-daqiqa. Rustam Ashurmatov qoidabuzarlik uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

🔄 73-daqiqa. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Husayn Norchaev o'rniga Doston Hamdamov, Umarali Rahmonaliev o'rniga esa Aziz Xolmurodov maydonga tushirildi.

🔄 71-daqiqa. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida o'zgarish: Nosir Al-Dovsari o'rniga Muhammad Al-Kuvaykibi maydonga tushirildi.

69-daqiqa. Behruz Karimov o'ng qanotdan jarima maydonchasiga to'p uzatdi, Husayn Norchaev esa boshi bilan zarba yo'lladi, biroq Abdulquddus Atiya to'pni egallab oldi.

🔄 64-daqiqa. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida o'zgarish: Marvan Al-Sahafi o'rniga Ziyad Al-Johani maydonga tushirildi.

⚡️ 61-daqiqa. O'zbekiston terma jamoasi chap qanotdan jarima maydonchasiga to'p uzatdi, Husayn Norchaev esa tovoni bilan zarba yo'lladi, biroq Abdulquddus Atiya to'pni qaytardi.

🔄 58-daqiqa. Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Musab Al-Juvayr o'rniga Abdulloh Xatib, Ahmad Al-G'amdi o'rniga esa Muhammad Kanno maydonga tushirildi.

🔄 54-daqiqa. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida o'zgarish: Abbos Fayzullayev o'rniga Aziz Amonov maydonga tushirildi.

🟥 50-daqiqa. Ali Lajami Abbos Fayzullayevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

⚽️ 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffusdan so'ng Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibida olti o'zgarish amalga oshirildi: Saud Abdulhamid o'rniga Navaf Bushal, Abdulloh Al-Xaybari o'rniga Muxtor Ali, Homid Yusuf o'rniga Abdulquddus Atiya, Firas Al-Buraykan o'rniga Abdulloh Al-Hamdan, Al-Amri o'rniga Ali Lajami hamda Mutaib Al-Harbi o'rniga Faris Abdi maydonga tushirildi.

⏸️ Birinchi bo'lim yakunlandi! Tanaffus.

⏱ 45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

🚫 39-daqiqa. Husayn Norchaev raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo hakam gol urilgan vaziyatda hujumchini o'yindan tashqari holatda qolgan deb topdi va golni bekor qildi.

⚽️ 35-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! O'zbekiston terma jamoasi standart vaziyatni amalga oshirdi, Behruz Karimovning jarima maydonchasiga uzatgan to'pi himoyachilardan Sherzod Esanovga kelib tushdi va u yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi – 1:2!

🟨 34-daqiqa. Abdulloh Al-Amri Abbos Fayzullayevga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

⚡️ 28-daqiqa. Xavfli vaziyat! Saudiya Arabistoni terma jamoasi burchak zarbasini amalga oshirdi, Odil Hamrobekov to'pni qaytardi, qaytgan to'pga esa Abdulloh Al-Xaybari kuchli zarba yo'lladi – biroz noaniq.

⚡️ 26-daqiqa. Xavfli vaziyat! Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga to'p uzatdi, biroq jamoadoshi to'pga eta olmadi.

⚽️ 23-daqiqa. GOL! Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'ng qanotdan jarima maydonchasiga to'p uzatdi, Firas Al-Buraykan esa Rustam Ashurmatov bilan havodagi to'p uchun kurashda ustun kelib, boshi bilan aniq zarba yo'lladi va hisobni tenglashtirdi – 1:1.

⚽️ 19-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOL! Homid Yusuf to'p uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, to'pni egallab olgan Sherzod Esanov esa darvozabonning ustidan oshirib, hisobni ochdi – 0:1!

17-daqiqa. Husayn Norchaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

12-daqiqa. Marvan Al-Sahafi chap qanotdan jarima maydonchasiga to'p uzatdi, biroq O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi xavfni bartaraf etdi.

⚡️ 7-daqiqa. Xavfli vaziyat! Marvan Al-Sahafi jarima maydonchasiga kirib borib, chap oyoqda zarba yo'lladi, Abduvohid Ne'matov esa seyv ijro etdi.

⚽️ 1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari boshlab berishdi. Bugungi bahsda Saudiya Arabistoni yashil, O'zbekiston esa oq rangli liboslarda harakat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia